Skip to main content

Abituriyentlar uchun grantlar

SIUTga oʻqishga kirishda kimlar imtiyozlar va grant olishlari mumkin?

Kirish imtihonlaridan ozod etiladi:

  1. 1100 (ingliz tili 600, matematika 500) ball va undan yuqori koʻrsatkichli SAT sertifikati sohiblari.
  2. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS 5.5 va undan yuqori (yoki TOEFL IBT - 72-94+; TOEFL ITP - 543+; CEFR - B2+; Cambridge Assessment English FCE - B2+) koʻrsatkichli sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar ingliz tili fanidan kirish imtihonidan ozod etiladi.

Grant asosida oʻqishga qabul qilish *

  1. Har bir yoʻnalish boʻyicha eng yuqori ball toʻplab, birinchi oʻrinni egallagan abituriyentlar;
  2. SAT sertifikati 1400 yoki undan yuqori ball olganlar;
  3. IELTS – 8.0 yoki undan yuqori;
  4. Chin yetimlar;
  5. Afg‘on urushi faxriylarining farzandlari;
  6. I va II guruh nogironlar.

Toʻlov-kontraktni amalga oshirishda 25 foizlik chegirmaga ega boʻlish

Agar bir oilaning ikki va undan ortiq a’zosi shartnoma asosida SIUTga oʻqishga qabul qilinsa, ularning har biri 25% chegirmaga ega boʻladi.

* SIUT Vasiylik Kengashi Raisi B.Sh.Fazilov tomonidan taqdim etiladigan grantlar imtihonlardan oʻtish balini toʻplagan abituriyentlargagina beriladi.

** Eslatib oʻtamiz: ushbu grantlar faqat bir yilga beriladi. Agar talabaning akademik yil yakunida GPA (Grade Point Average - oʻrtacha baholar) ko‘rsatgichi 3.5 yoki undan yuqori bo‘lsa, granti saqlanib qoladi. Agar talabaning GPA ko‘rsatgichi akademik yil yakunida 3.5 dan past bo‘lsa, u avtomatik ravishda shartnoma asosida tahsilni davom ettiradi.

Qiziqtirgan barcha savollaringiz bo‘yicha, Call-markazga murojaat qilishingiz mumkin: +998 55 705-50-05

Hujjatlaringizni quyidagi havola orqali onlayn tarzda topshirishingiz mumkin: