Skip to main content

Abituriyentlar diqqatiga!

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2026/2027 oʻquv yili uchun qabul e’lon qiladi!

  • Universitet o'quv dasturlari xalqaro standartlar asosida AQSh, Fransiya, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarning yetakchi oliygohlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
  • Darslar dunyoning turli burchaklaridan kelgan yuqori malakali xorijiy professor-o'qituvchilar tomonidan ingliz tilida olib boriladi.
  • SIUT talabalari yurtimiz va xorijning nufuzli kompaniyalarida amaliyot o'tash imkoniyatlariga egadirlar.
  • SIUT bitiruvchilariga “Double degree” va “Double diploma” beriladi, bu esa ularni kelgusida ham O'zbekistonda, ham xorijda ish bilan muvaffaqiyatli ta’minlanishga imkon yaratadi. Bundan tashqari ular “SANEG”, “ERIELL Croup", “Enter Engineering" kabi xalqaro kompaniyalarda ish o'rinlariga ega bo'ladilar.

Talabalikka qabul qilish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

Chinese Institute of Electric Power (CIEP)

French Institute of International Tourism and Hospitality

Talab etiladigan hujjatlar roʻyxati

Hujjatlar onlayn tarzda yoki Qabul ofisimizda davom etadi. Ro'yxatdan oʻtish uchun Siz quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak:

  • pasport nusxasi (yashash joyi qayd etilgan sahifasi bilan) yoki ID karta nusxasi (PDF formatda);
  • oʻrta yoki oʻrta maxsus ma’lumotga egaligi toʻgʻrisidagi hujjatning (attestat yoki diplomning) skaner qilingan shakli (PDF formatda);
  • JPG formatdagi 3,5 ga 4,5 sm shakldagi fotosurat;
  • Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud boʻlsa);
  • SAT sertifikati (agar mavjud boʻlsa).

Hali bitiruv sinfda oʻqiyotgan oʻquvchilar tahsil olayotgan oʻqish joylaridan berilgan tegishli ma’lumotnomani attestat oʻrniga taqdim etishlari mumkin. Ular maktabni tugatganlaridan keyin attestatlarini qabul komissiyasiga taqdim etishlari talab etiladi.

Imtiyozlar va grantlar

SIUTga oʻqishga kirishda kimlar imtiyozlar va grant olishlari mumkin?

Kirish imtihonlaridan ozod etiladi: 1100 (ingliz tili 600, matematika 500) ball va undan yuqori koʻrsatkichli SAT sertifikati sohiblari.

Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS 5.5 va undan yuqori (yoki TOEFL IBT - 72-94+; TOEFL ITP - 543+; CEFR - B2+; Cambridge Assessment English FCE - B2+) koʻrsatkichli sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar ingliz tili fanidan kirish imtihonidan ozod etiladi.

Grant asosida oʻqishga qabul qilish *

  1. Har bir yoʻnalish boʻyicha eng yuqori ball toʻplab, birinchi oʻrinni egallagan abituriyentlar;
  2. SAT sertifikati 1400 yoki undan yuqori ball olganlar;
  3. IELTS – 8.0 yoki undan yuqori;
  4. Chin yetimlar;
  5. Afg‘on urushi faxriylarining farzandlari;
  6. I va II guruh nogironlar.

Toʻlov-kontraktni amalga oshirishda 25 foizlik chegirmaga ega boʻlish

Agar bir oilaning ikki va undan ortiq a’zosi shartnoma asosida SIUTga oʻqishga qabul qilinsa, ularning har biri 25% chegirmaga ega boʻladi.

* SIUT Vasiylik Kengashi Raisi B.Sh.Fazilov tomonidan taqdim etiladigan grantlar imtihonlardan oʻtish balini toʻplagan abituriyentlargagina beriladi.

** Eslatib oʻtamiz: ushbu grantlar faqat bir yilga beriladi. Agar talabaning akademik yil yakunida GPA (Grade Point Average - oʻrtacha baholar) ko‘rsatgichi 3.5 yoki undan yuqori bo‘lsa, granti saqlanib qoladi. Agar talabaning GPA ko‘rsatgichi akademik yil yakunida 3.5 dan past bo‘lsa, u avtomatik ravishda shartnoma asosida tahsilni davom ettiradi.

Kirish imtihonlarining oʻtkazilish tartibi:

Kirish imtihonlari:

  • Matematika fani
  • Ingliz tili

Kirish imtihonlari xorijlik professor-oʻqituvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi maktab o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Kirish imtihonlari 2026-yilning 20-iyun, 1-iyul va 20-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bakalavriatda oʻqish uchun toʻlov-kontrakt miqdori. Bir oʻquv yili uchun 40 million so‘m.

Oʻqish uchun toʻlov-kontrakt pulini istalgan usulda amalga oshirish mumkin. Shuningdek, to‘lovni qismlarga bo‘lib to‘lasa ham bo‘ladi.

Savollar va javoblar

Siz tomoningizdan yo‘llangan ta’limga oid har qanday savolingizga javob berishga tayyormiz. Sababi Yangi O‘zbekiston kelajagini ifodalovchi yoshlarimizning eng yaxshi vakillarini talabalarimiz safiga jalb etishdan ham manfaatdormiz.
Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish uchun pul to‘lashim kerakmi?
Yo‘q, bu jarayonlarning barchasi mutlaqo bepul amalga oshiriladi!
Imtihon qachon va qayerda bo‘lishini qanday bilsam bo‘ladi?

Ro'yxatdan o'tgan raqamingizga SMS yuboriladi va unda imtihon sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Shuningdek, kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar www.siut.uz rasmiy veb-saytimizda hamda Facebook, Instagram, Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarimizda e’lon qilinadi.

O‘zim tahsil olayotgan oliygohdan SIUT universitetiga o‘qishni ko‘chirishim mumkinmi?

Ha, mumkin. O‘qishni ko‘chirish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.