Skip to main content

Dizayn

Dizayn

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) qoshidagi Koreya texnologiya va madaniyati instituti (KITC), Dizayn fakulteti. Dastur uch asosiy mutaxassislikni taklif qiladi: Vizual muloqot dizayni (VD), Sanoat dizayni (ID), Makon va muhit dizayni (SD).

Yo‘nalishga oid ma’lumotlar

  • O‘rinlar soni (kvota)
    -
  • Grantlar soni*
    1 o‘rin
  • O‘qish muddati
    4 yil (8 semestr)
  • Ta’lim shakli
    kunduzgi
* - kafolatlangan grantlar soni. Ushbu son grant asosida oʻqishga kirish imtiyozlariga ega bo‘lgan abituriyentlar bilan ko‘payishi mumkin.

Qabul komissiyasi bilan aloqa

  • Email:
    This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  • Telefon:
  • Telegram-bot:
Telegram kanalimizni kuzatib boring
  • Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) qoshidagi Koreya texnologiya va madaniyati instituti (KITC), Dizayn fakulteti. Mazkur dasturga asoslangan ta’lim koreyalik mutaxassis, professor Younghun Jung  tomonidan olib boriladi. Dastur uch asosiy mutaxassislikni taklif qiladi:  Vizual muloqot dizayni (VD), Sanoat dizayni (ID), Makon va muhit dizayni (SD). Bitiruvchilarning kelgusida ish bilan ta’minlanishi va ishda yuqori natijalarga erishishi ularning ixtisosligigidan kelib chiqqan holda farqlanishi mumkin.

    Vizual muloqot dizayniga ixtisoslashgan bitiruvchilar 2D-grafikasi, brending, reklama, noshirlik ishi, qadoqlash dizayni, veb-dizayn, UX/UI-dizayn, moution-grafika, media-dizayn, illyustratsiya kabi koʻplab sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin.

    Sanoat dizayni 3D-grafika, mahsulot dizayni, mebel dizayni, yoritish dizayni, elektronika va avtomobil dizayni, transport dizayni, aqliy harakatchanlik kabi dizaynerlik faoliyatining keng doirasini qamrab oladi. 

    Makon va atrof-muhit dizayni 4D-grafika, koʻrgazmali dizayn, dizayn-inter’yer, dizayn-ekster’yer, atrof-muhit dizayni kabi koʻplab sohalarda mehnat qilish imkonini beradi.

    Talabalar “Asoslar va poydevor”, “Ustaxona va studiya”, “Estetika va funksiya” hamda “Hamkorlikda ishlash va portfolio” kabi kurslar yuzasidan ham nazariy, ham amaliy bilimlarni egallash imkoniyatiga ega boʻladilar. Mazkur kurslar studiya sharoitida hamkorlik qilish imkonini beradi, talabalarning ishlari asosida xususiy portfoliolar yaratiladi hamda ular diplom ishlari koʻrgazmasida namoyish etiladi.

    2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori

  • Ushbu dastur bitiruvchilari uchun karyera imkoniyatlari:

    Biz talabalarimizning “CCC Way” (Company, Culture, and Craft – kompaniya, madaniyat, hunarmandchilik) usulida ish bilan bandligini ta’minlashni rejalashtirmoqdamiz.  Bitiruvchilar kompaniyalar taklif etadigan qadriyatlarning mohiyatlarini anglab yetadigan dizaynerlar boʻlib yetishadilar, madaniyatni tushunish va rasmiylashtirishga oʻz hissalarini qoʻshadilar, shuningdek, bir vaqtning oʻzida funksional hamda badiiy asar hisoblangan dizaynlarni yaratish orqali ko‘nikma va mahoratlarini takomillashtirib boradilar. 

    • Kompaniya: Kompaniyalar taklif etadigan qadriyatlarni tushunadigan va iste’molchilar uchun umumiy dizayn bilan shugʻullanuvchi dizaynerlar.
    • Madaniyat: Madaniy hodisalarni rasmiylashtirishda va vizuallashtirishda ijtimoiy muammolarni aniqlovchi va  oshkoralikka intiluvchi dizaynerlar.
    • Hunarmandchilik: Mustahkam skulptura shakllarini yaratish uchun dizaynni hunarmandchilik bilan qoʻshib olib boruvchi mahorat aspektiga e’tibor qaratadigan dizaynerlar.

    Yana savollar bormi?

  • Bakalavriat bosqichining o‘quv dasturlari:

    • Semester - I

      Subjects

      Semester - II

      Subjects

      1

      Introduction to Industrial Design

      1

      Design Fundamentals and Visual Communication

      2

      Human Values and Ethics

      2

      Aesthetics and Beauty

      3

      Math for Design I

      3

      Math for Design II

      4

      ICTE

      4

      Effective Presentation Skills

      5

      Academic English I

      5

      Academic English II

      6

      Second Language I (French, Chinese or Korean)

      6

      Second Language II (French, Chinese or Korean)

       

    • Semester - III

      Subjects

      Semester - IV

      Subjects

      1

      Design for Manufacturing

      1

      Modern Manufacturing Methods and Materials

      2

      Human-Centered Design I

      2

      Human-Centered Design II

      3

      Introduction to Computer-Aided Design

      3

      Statistics for Design

      4

      Technical Drawing I

      4

      Technical Drawing II

      5

      Academic English III

      5

      Academic English IV

      6

      Second Language III (French, Chinese or Korean)

      6

      Second Language IV (French, Chinese or Korean)

       

    • Semester -V

      Subjects

      Semester -VI

      Subjects

      1

      Sustainable Product Design and Visualization I

      1

      Sustainable Product Design and Visualization II

      2

      Strategy & Design thinking I

      2

      Strategy & Design thinking II

      3

      Advanced Design I

      3

      Advanced Design II

      4

      UX/UI Design

      4

      Design for Automation

      5

      Ergonomics

      5

      Economics for Designers

       

       

       

       

    • Semester -VII

      Subjects

      Semester -VIII

      Subjects

      1

      Bachelor Project I

      1

      Bachelor Project II

      2

      Co-Working & Startup Studio

      2

      Professional Presentation & Pitching

      3

      Social Psychology and Consumer Behavior

      3

      Internship in Company

    Yana savollar bormi?

  • Kerakli hujjatlar ro‘yxati:

    1. Pasport nusxasi (roʻyxatdan oʻtgan joyi koʻrsatilgan holda) yoki ID karta (PDF formatida);
    2. O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (PDF formatidagi attestat yoki diplom);
    3. JPEG (yoki PNG, BMP) shakldagi fotosurat 3,5x4,5 sm;
    4. Chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatining skani (agar mavjud bo‘lsa): IELTS - 5,5+; TOEFL IBT - 46-59+; TOEFL ITP - 450+; CEFR - B2+; Cambridge Assessment English FCE - B2+. Ushbu sertifikatlardan biriga ega bo‘lish sizga chet tili imtihonidan ozod etilish imkonini beradi.
    5. SAT sertifikatining skan varianti (agar mavjud bo‘lsa): Matematika - 600 va undan yuqori, ingliz tili - 500 va undan yuqori. SAT 1100+ sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan ozod etiladi.

    O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasasida (maktab, texnikum, kollej yoki akademik litsey) o‘qishni bitirguningizga qadar, o‘zingiz tahsil olayotgan muassasaning bitiruvchisi ekanligingizni tasdiqlovchi ma’lumotnomani tegishli hujjat sifatida tizimga yuklashingiz mumkin.

    SIUTda abituriyentlar uchun grantlar mavjud

Savollar va javoblar

Siz tomoningizdan yo‘llangan ta’limga oid har qanday savolingizga javob berishga tayyormiz. Sababi Yangi O‘zbekiston kelajagini ifodalovchi yoshlarimizning eng yaxshi vakillarini talabalarimiz safiga jalb etishdan ham manfaatdormiz.
Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish uchun pul to‘lashim kerakmi?
Yo‘q, bu jarayonlarning barchasi mutlaqo bepul amalga oshiriladi!
Imtihon qachon va qayerda bo‘lishini qanday bilsam bo‘ladi?

Ro'yxatdan o'tgan raqamingizga SMS yuboriladi va unda imtihon sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Shuningdek, kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar www.siut.uz rasmiy veb-saytimizda hamda Facebook, Instagram, Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarimizda e’lon qilinadi.

O‘zim tahsil olayotgan oliygohdan SIUT universitetiga o‘qishni ko‘chirishim mumkinmi?

Ha, mumkin. O‘qishni ko‘chirish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.