Elektr muhandisligi
Elektr muhandisligi
Yo‘nalishga oid ma’lumotlar
-
O‘rinlar soni (kvota)-
-
Grantlar soni*1 o‘rin
-
O‘qish muddati4 yil (8 semestr)
-
Ta’lim shaklikunduzgi
Qabul komissiyasi bilan aloqa
-
Email:
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. -
Telefon:
-
Telegram-bot:
Telegram kanalimizni kuzatib boring
-
CIEP instituti haqida
Xitoy energetika instituti O‘zbekiston va Xitoy universitetlari, ya’ni Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) va Shimoli-sharqiy elektr energetikasi universitetining (NEEPU) tashabbusi bilan tashkil etildi. Institutning tashkil etilishida Xitoyning "Bir makon, bir yo‘l" strategiyasi va "2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" muhim o’rin tutadi. Xitoy energetika instituti O‘zbekiston Respublikasi energetikasi sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.
Xitoy energetika instituti "Elektr muhandisligi" va "Issiqlik energetikasi"nomli ikkita bakalavriat dasturini taklif etadi. Ushbu dasturlar xalqaro tajribalarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tomonidan ingliz va xitoy tillarida o‘qitiladi. Mazkur dasturlar amaliy muhandislik sohasi bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarni yuzaga keltirish bilan birga talabalarning mehnatga layoqatlilik qobiliyati va ilmiy izlanuvchanlik salohiyatini rivojlantiradi. Ushbu dasturlar nafaqat nazariy asoslarga tayanib qolmasdan, balki Elektr muhandisligi doirasida energiyani tejash, chiqindilarni kamaytirish va energiyani qayta tiklash samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy asoslarga ham katta ahamiyat qaratadi.
Elektr muhandisligi
Elektr muhandisligi dasturi to‘rt yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan "2+2" o‘quv modeliga asoslangan. Dastlabki ikki yil davomida asosiy mashg‘ulotlar SIUTda ingliz tilida olib boriladi, unda Elektr muhandisligi sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental bilim va ko‘nikmalar nazariy tomonlama o‘rgatiladi. Shuningdek, dastlabki ikki yil davomida kelajakda xitoy tilida erkin muloqotga kirishish maqsadida talabalarga xitoy tili ham chuqurlashtirilgan tarzda o‘rgatiladi.
Dasturning keyingi ikki yili Xitoy universitetida davom etadi, u yerda o‘qitish jarayoni xitoy tilida olib boriladi. Ushbu dastur talabalarga til ko‘nikmalarini oshirishga va murakkab muhandislik tushunchalarini o‘zlashtirishga yo‘l ochadi, shu bilan birga, talabalar chuqur va boy taʼlim tajribasini taqdim etadigan Xitoy o‘quv jarayoni muhitiga kirishib ketish imkonini ega bo‘lishadi.
Amaliyot
Dasturimizning eng muhim qismi shundan iboratki, SIUT va NEEPU universitetlari o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan talabalar Shimoli-sharqiy elektr energetikasi universitetining loyihalashtirish institutida ikki haftalik amaliyotlarini o‘taydilar. Ushbu dastur sohaning o‘ziga xos muhim nazariy va amaliy jihatlarini hisobga oladi, talabalarning o‘z sohasida yuksak martabalarga erishishini taʼminlaydi.
2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori
-
Ushbu dastur bitiruvchilari uchun karyera imkoniyatlari:
Elektr muhandisligi dasturining bitiruvchilari turli xil sohalarda elektr muhandisi, avtomatlashtirish muhandisi, boshqarish tizimlari muhandisi, energetika tizimlari muhandisi, nazoratchi muhandis, texnik taʼminot muhandisi, energiya samaradorligini ta’minlovchi muhandis bo‘lib yetishishlari mumkin.
-
Bakalavriat bosqichining o‘quv dasturlari:
-
Semester - I
Subjects
Semester - II
Subjects
1
Physics - I
1
Physics – II
2
Calculus - I (Advanced Mathematics)
2
Calculus - II (Advanced Mathematics)
3
Academic English – I
3
Academic English – II
4
Chinese Language and Culture I
4
Chinese Language and Culture - II
5
Communication and Leadership Skills
5
Uzbek Language and Culture - II
6
Uzbek Language and Culture - I
6
Introduction to Electrical Engineering
-
Semester - III
Subjects
Semester - IV
Subjects
1
Chinese Language and Culture III
1
Probability and Mathematical Statistics
2
Principles of Circuits
2
Linear Algebra
3
Numerical Analysis
3
Chinese Language and Culture IV
4
Calculus - III (Advanced Mathematics)
4
The general situation of China
5
Computer basis and C Programming
5
Electromagnetic Fields
6
Electric Circuit Comprehensive Experiment
6
Analog and Digital Electronic Technology
7 Electronic Technology Experiments -
Semester -V
Subjects
Semester -VI
Subjects
1
Principles of Automatic Control
1
Engineering Drawing
2
Power Electronics Technology
2
Power System Analysis
3
Electric Machinery
3
Electric Part of Power Plant
4
Curriculum Design of Power Electronic
4
High Voltage Technology
5
Power System Knowledge Practice
5
Power Flow Calculation and Analysis for Power Systems
6
Curriculum Design of Electric Part of Power Plants
-
Semester -VII
Subjects
Semester -VIII
Subjects
1
Apparatus and System of Thermal Power Plants
1
Engineering Literacy Training
2
Principles of Power System Relay Protection
2
Special Study and Practice of Design and Operation for Power System
3
Automation of Power Systems
3
Graduation Design
4
Curriculum Design of Relay Protection
5
Power Plant and Substation Automation Simulation
6
Metalworking Practice
-
-
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
- Pasport nusxasi (roʻyxatdan oʻtgan joyi koʻrsatilgan holda) yoki ID karta (PDF formatida);
- O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (PDF formatidagi attestat yoki diplom);
- JPEG (yoki PNG, BMP) shakldagi fotosurat 3,5x4,5 sm;
- Chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatining skani (agar mavjud bo‘lsa): IELTS - 5,5+; TOEFL IBT - 46-59+; TOEFL ITP - 450+; CEFR - B2+; Cambridge Assessment English FCE - B2+. Ushbu sertifikatlardan biriga ega bo‘lish sizga chet tili imtihonidan ozod etilish imkonini beradi.
- SAT sertifikatining skan varianti (agar mavjud bo‘lsa): Matematika - 600 va undan yuqori, ingliz tili - 500 va undan yuqori. SAT 1100+ sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan ozod etiladi.
O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasasida (maktab, texnikum, kollej yoki akademik litsey) o‘qishni bitirguningizga qadar, o‘zingiz tahsil olayotgan muassasaning bitiruvchisi ekanligingizni tasdiqlovchi ma’lumotnomani tegishli hujjat sifatida tizimga yuklashingiz mumkin.
SIUTda abituriyentlar uchun grantlar mavjud
Savollar va javoblar
Ro'yxatdan o'tgan raqamingizga SMS yuboriladi va unda imtihon sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Shuningdek, kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar www.siut.uz rasmiy veb-saytimizda hamda Facebook, Instagram, Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarimizda e’lon qilinadi.
Ha, mumkin. O‘qishni ko‘chirish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.