Skip to main content

Qayta tiklanadigan energiya manbalari

Qayta tiklanadigan energiya manbalari

SIUT qoshida tashkil etilgan qayta tiklanadigan energiya manbalari yoʻnalishi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning strategiyasi va texnologiyalari boʻyicha kompleks va dinamik oʻquv dasturini taklif etadi. Mazkur dastur talabalarni muntazam oʻzgaruvchi global energetik manzaraning samarador rivoji uchun zaruriy bilim, koʻnikma va malakalar bilan ta’minlaydi hamda istiqbolli yondashuvlar bilan tanishtiradi.

Yo‘nalishga oid ma’lumotlar

  • O‘rinlar soni (kvota)
    -
  • Grantlar soni*
    1 o‘rin
  • O‘qish muddati
    4 yil (8 semestr)
  • Ta’lim shakli
    kunduzgi
* - kafolatlangan grantlar soni. Ushbu son grant asosida oʻqishga kirish imtiyozlariga ega bo‘lgan abituriyentlar bilan ko‘payishi mumkin.

Qabul komissiyasi bilan aloqa

  • Email:
    This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  • Telefon:
  • Telegram-bot:
Telegram kanalimizni kuzatib boring
  • Mazkur oʻquv dasturi uglerodli neytral kelajak uchun siyosat va energetik texnologiyalarga, iqlim oʻzgarishini yaxlit holda tushunishga yoʻnaltirilgan.  Biz asosiy diqqat e’tiborni ulkan salohiyatli fotoelektrik energetikaga va shamol energetikasiga qaratish bilan bir qatorda, gidroenergetika, bioenergetika, geoissiqlik energiyasi va energiya saqlashning zamonaviy texnologiyalarini ham oʻrganib chiqamiz. Matematika, fizika, kimyo, materialshunoslik va mexanika kabi fanlar asosidagi fundamental bilimlar, bizning ixtisoslashtirilgan kurslarimizni yanada kuchaytiradi. Bundan tashqari, oʻquv dasturidan elektr tarmoqlarining barqarorligi, qayta tiklanadigan oʻzgaruvchan energiya manbalarining integratsiyasi kabi yetakchi mavzular ham oʻrin egallagan. 

    SIUTda ta’lim maksimal yuklama asosida amalga oshiriladi. Talabalar guruh loyihalari va mavzuga doir tadqiqotlardan tortib, modellashtirish va eksperimental oʻquv dasturlari tuzishgacha boʻlgan interfaol mashgʻulotlarda ishtirok etadilar. Ta’limga boʻlgan bunday yondashuv talabalarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantiradi, ularning tahlil qobiliyatlarini yuksaltiradi va ularni strategik istiqbol sari undaydi. 

    Auditoriyadan tashqarida talabalar oʻz bilimlarini darsdan tashqari mashgʻulotlar, universitetga taklif etilgan ma’ruzachilarning dokladlari bilan, shuningdek, sanoat korxonalari va tarmoq forumlarida qatnashish orqali boyitib boradilar. Ta’limning bu platformalari nafaqat zamonaviy tarmoqlar sohasidagi amaliyot haqida tushuncha beradi, balki yana noyob kasbiy munosabatlar uchun ham yoʻl ochadi.

    Muhandislik ta’limi boʻyicha Koreya akkreditatsiya kengashi tomonidan belgilangan standartlarga muvofiq ravishda bizning dastur matematika va fundamental fanlar, shu jumladan, laboratoriya va hisoblash modullari boʻyicha 36 kreditli kursni oʻz ichiga oladi.  Bundan tashqari, laboratoriya va eksperimental kurslardan iborat muhandislikka oid mavzular uchun kamida 45 kredit ajratiladi.

    Interfaol pedagogikaga asoslangan mazkur oʻquv dasturi amaliy ta’lim va  o‘zlashtirilgan bilimlarni hayotda qoʻllashga alohida urg‘u qaratadi. Turli loyihalar va amaliy tadqiqotlarda ishtirok etadigan talabalar qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishda, loyihalar tuzishda, qurilish maydonchalari va texnik obyektlarda,  xizmat koʻrsatishda bevosita tajriba toʻplaydilar.  Dastur texnik mahorat bilan bir qatorda eng muhim ijtimoiy koʻnikmalarni – samarali muloqot va yetakchilikdan tortib, jamoa tarkibida ishlashgacha boʻlgan har tomonlama mohir mutaxassis boʻlish koʻnikmalarini rivojlantiradi.

    2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori

  • Ushbu dastur bitiruvchilari uchun karyera imkoniyatlari:

    Qayta tiklanadigan energetika sohasidagi bakalavr dasturining bitiruvchilari ham davlatga qarashli, ham xususiy sektorda kasbiy faoliyatini olib borishda keng  imkoniyatlarni qoʻlga kiritadilar. Statistik ma’lumotlarga koʻra, iqtisodiyotning mazkur sektori juda tez sur’atlarda rivojlanayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi va uning rivojlanish dinamikasi jadal tarzda oʻsib bormoqda.  BMT bosh kotibi qayta tiklanadigan energiya manbalarini amaliyotga tatbiq etishning hozirgi sur’atini uch barobarga  oshirish zarurligini ta’kidlab oʻtdi. 2025-yilda qayta tiklanadigan energiya manbalarining joylashuv koʻlami  500 GVt.ga yetadi. Bu oʻsish trayektoriyasini saqlab qolish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida yanada koʻproq mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etadi.

    Ish bilan ta’minlanish quyidagilarda aks etadi:

    • Xususiy va davlat elektroenergetik kompaniyalari: Koʻplab elektroenergetik kompaniyalar qayta tiklanadigan energiya manbalari boʻyicha mutaxassislarni ish bilan ta’minlamoqda. 
    • Qayta tiklanadigan energiya manbalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yurtimiz va jahondagi kompaniyalar bugungi kunda fotoelektrik modullar, quyosh invertorlari va boshqa shunga oʻxshash buyumlarni ishlab chiqarmoqda.
    • Qayta tiklanadigan energiya manbalari turlariga  ixtisoslashtirilgan koʻplab kompaniyalar quyosh energetikasi, shamol energetikasi, gidroenergetika, bioenergetika hamda geotermal sohalari boʻyicha mutaxassislarni ishga qabul qilmoqda.
    • Qayta tiklanadigan energiya manbalarining qurilish kompaniyalari: bu sohada loyihalar sonining oshishi ham milliy, ham global darajadagi imkoniyatlarni yaratadi.
    • Qayta tiklanadigan energiya manbalarini boshqarish va eksplutatsiya qilish boʻyicha kompaniyalar: “qurilmalar qancha koʻp boʻlsa, obyektlarni boshqarish va eksplutatsiya qilishga ehtiyoj ham shunchalik yuqori boʻladi.”
    • Qayta tiklanadigan energiya manbalarini eksport va import qilish boʻyicha kompaniyalar: “qurilmalar sonining oshishi – savdo imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.”
    • Qayta tiklanadigan energiya manbalarini moliyalashtirish boʻyicha kompaniyalar: “yangi oʻrnatilgan ishlab chiqarish quvvatlarining  84 % dan oshigʻi qayta tiklanuvchandir, ular 70% dan oshiq yangi sarmoyalarni o‘ziga jalb etadi.”
    • Qayta tiklanadigan energiya manbalari boʻyicha sugʻurta kompaniyalari: “Qayta tiklanadigan energetika obyektlarining kengayishi – sugʻurta toʻlovlarinng oshishini taqozo qiladi.” 
    • RE100, ESG, CBAM (uglerod chiqarishning chegaraviy sozlamasi mexanizmi) tamoyillariga asoslangan global kompaniyalar qayta tiklanadigan energetika boʻyicha mutaxassislarni jalb etishdan manfaatdordir. 
    • Qayta tiklanadigan energetika sohasidagi tadbirkor – qayta tiklanadigan energetika sohasidagi oʻzining shaxsiy korxonalarini yaratish va boshqarishga intiluvchi shaxs.
    • Qayta tiklanadigan energetika sohasida marketing boʻyicha ish boshqaruvchilar – Strategiyalarni ishlab chiquvchi va ularni marketing kompaniyalarida tatbiq etuvchi budjetni boshqaradigan va marketing taktikasini takomillashtirish uchun ma’lumotlardan foydalanadigan kasb egalari.
    • Qayta tiklanadigan energetika sohasida mahsulotlarni ishlab chiqarishni boshqarish boʻyicha ish boshqaruvchi mahsulotni ishlab chiqarishdan tortib to uni sotilishigacha boʻlgan butun davr uchun mas’ul mutaxassis hisoblanadi.
    • Qayta tiklanadigan energetika boʻyicha loyiha rahbarlari loyihaning barcha jabhalarini boshqaruvchi, uning muvaffaqiyatli bajarilishi va tugatilishini ta’minlovchi kishilardir.
    • Qayta tiklanadigan energetikasi sohasi boʻyicha kichik biznes egasi qayta tiklanadigan energetika  sohasida xususiy korxonalarni boshqaruvchi, uzoqni koʻra biladigan kishidir.
    • Qayta tiklanadigan energetika sohasida xalqaro biznes menejeri xalqaro savdo munosabatlariga va chegaralararo o‘tkaziladigan biznes tadbirlarni tashkil etuvchi kishidir.

    Yana savollar bormi?

  • Bakalavriat bosqichining o‘quv dasturlari:

    • Semester - I

      Subjects

      Semester - II

      Subjects

      1

      Introduction to Renewable Energy

      1

      Calculus II

      2

      Calculus I

      2

      Engineering Mathematics I - Linear Algebra

      3

      ICTE

      3

      Physics I - Mechanics

      4

      General Chemistry I and Lab

      4

      Chemistry I and Lab

      5

      Academic English I

      5

      Academic English II

      6

      Second Language I (French, Chinese or Korean)

      6

      Second Language II (French, Chinese or Korean)

       

    • Semester - III

      Subjects

      Semester - IV

      Subjects

      1

      Mechanics of Materials I (Statics)

      1

      Statistics and Probability

      2

      Engineering Mathematics II - Differential Equations

      2

      Thermodynamics

      3

      Physics II - Electricity and Magnetism

      3

      Mechanics of Materials II (Strength of Materials)

      4

      Chemistry II and Lab

      4

      Fundamentals of Semiconductors

      5

      Academic English III

      5

      Academic English IV

      6

      Second Language III (French, Chinese or Korean)

      6

      Second Language IV (French, Chinese or Korean)

       

    • Semester -V

      Subjects

      Semester -VI

      Subjects

      1

      Fluid Mechanics

      1

      Principle of Economics

      2

      Physical Chemistry

      2

      Applied Quantum Mechanics

      3

      Foundation of Electrical Engineering

      3

      Wind Turbine Engineering and Lab

      4

      Renewable Energy Engineering

      4

      Energy Storage Technology

      5

      Semiconductor Devices

      5

      Photovoltaic Systems

       6

      Solar Cell/Module and Lab

      6

      Carbon Neutral Strategy

    • Semester -VII

      Subjects

      Semester -VIII

      Subjects

      1

      Heat and Mass Transfer

      1

      Bachelor Project

      2

      Applied Solid State Physics

      2

      Internship in Company

      3

      Power Electronics

       

       

      4

      Wind Power Park Planning

       

       

      5

      Semiconductor Processing

       

       

    Yana savollar bormi?

  • Kerakli hujjatlar ro‘yxati:

    1. Pasport nusxasi (roʻyxatdan oʻtgan joyi koʻrsatilgan holda) yoki ID karta (PDF formatida);
    2. O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (PDF formatidagi attestat yoki diplom);
    3. JPEG (yoki PNG, BMP) shakldagi fotosurat 3,5x4,5 sm;
    4. Chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatining skani (agar mavjud bo‘lsa): IELTS - 5,5+; TOEFL IBT - 46-59+; TOEFL ITP - 450+; CEFR - B2+; Cambridge Assessment English FCE - B2+. Ushbu sertifikatlardan biriga ega bo‘lish sizga chet tili imtihonidan ozod etilish imkonini beradi.
    5. SAT sertifikatining skan varianti (agar mavjud bo‘lsa): Matematika - 600 va undan yuqori, ingliz tili - 500 va undan yuqori. SAT 1100+ sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan ozod etiladi.

    O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasasida (maktab, texnikum, kollej yoki akademik litsey) o‘qishni bitirguningizga qadar, o‘zingiz tahsil olayotgan muassasaning bitiruvchisi ekanligingizni tasdiqlovchi ma’lumotnomani tegishli hujjat sifatida tizimga yuklashingiz mumkin.

    SIUTda abituriyentlar uchun grantlar mavjud

Savollar va javoblar

Siz tomoningizdan yo‘llangan ta’limga oid har qanday savolingizga javob berishga tayyormiz. Sababi Yangi O‘zbekiston kelajagini ifodalovchi yoshlarimizning eng yaxshi vakillarini talabalarimiz safiga jalb etishdan ham manfaatdormiz.
Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish uchun pul to‘lashim kerakmi?
Yo‘q, bu jarayonlarning barchasi mutlaqo bepul amalga oshiriladi!
Imtihon qachon va qayerda bo‘lishini qanday bilsam bo‘ladi?

Ro'yxatdan o'tgan raqamingizga SMS yuboriladi va unda imtihon sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Shuningdek, kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar www.siut.uz rasmiy veb-saytimizda hamda Facebook, Instagram, Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarimizda e’lon qilinadi.

O‘zim tahsil olayotgan oliygohdan SIUT universitetiga o‘qishni ko‘chirishim mumkinmi?

Ha, mumkin. O‘qishni ko‘chirish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.