Issiqlik energetikasi
Issiqlik energetikasi
Issiqlik energetikasi dasturi to‘rt yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan "2+2" o‘quv modeliga asoslangan. Dastlabki ikki yil davomida asosiy mashg‘ulotlar SIUTda ingliz tilida olib boriladi, unda energetikasi sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental bilim va ko‘nikmalar nazariy tomonlama o‘rgatiladi. Shuningdek, dastlabki ikki yil davomida kelajakda xitoy tilida erkin muloqotga kirishish maqsadida talabalarga xitoy tili ham chuqurlashtirilgan tarzda o‘rgatiladi. Dasturning keyingi ikki yili Xitoy universitetida davom etadi, u yerda o‘qitish jarayoni xitoy tilida olib boriladi.
Yo‘nalishga oid ma’lumotlar
-
O‘rinlar soni (kvota)
-
-
Grantlar soni*1 o‘rin
-
O‘qish muddati4 yil (8 semestr)
-
Ta’lim shaklikunduzgi
Qabul komissiyasi bilan aloqa
-
Email:
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. -
Telefon:
-
Telegram-bot:
Telegram kanalimizni kuzatib boring
-
CIEP instituti haqida
Xitoy energetika instituti O‘zbekiston va Xitoy universitetlari, ya’ni Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) va Shimoli-sharqiy elektr energetikasi universitetining (NEEPU) tashabbusi bilan tashkil etildi. Institutning tashkil etilishida Xitoyning "Bir makon, bir yo‘l" strategiyasi va "2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" muhim o’rin tutadi. Xitoy energetika instituti O‘zbekiston Respublikasi energetikasi sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.
Xitoy energetika instituti "Issiqlik energetikasi " va "Elektr muhandisligi"nomli ikkita bakalavriat dasturini taklif etadi. Ushbu dasturlar xalqaro tajribalarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tomonidan ingliz va xitoy tillarida o‘qitiladi. Mazkur dasturlar amaliy muhandislik sohasi bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarni yuzaga keltirish bilan birga talabalarning mehnatga layoqatlilik qobiliyati va ilmiy izlanuvchanlik salohiyatini rivojlantiradi. Ushbu dasturlar nafaqat nazariy asoslarga tayanib qolmasdan, balki Issiqlik energetikasi doirasida energiyani tejash, chiqindilarni kamaytirish va energiyani qayta tiklash samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy asoslarga ham katta ahamiyat qaratadi.
Issiqlik energetikasi
Issiqlik energetikasi dasturi to‘rt yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan "2+2" o‘quv modeliga asoslangan. Dastlabki ikki yil davomida asosiy mashg‘ulotlar SIUTda ingliz tilida olib boriladi, unda Issiqlik energetikasi sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental bilim va ko‘nikmalar nazariy tomonlama o‘rgatiladi. Shuningdek, dastlabki ikki yil davomida kelajakda xitoy tilida erkin muloqotga kirishish maqsadida talabalarga xitoy tili ham chuqurlashtirilgan tarzda o‘rgatiladi.
Dasturning keyingi ikki yili Xitoy universitetida davom etadi, u yerda o‘qitish jarayoni xitoy tilida olib boriladi. Ushbu dastur talabalarga til ko‘nikmalarini oshirishga va murakkab muhandislik tushunchalarini o‘zlashtirishga yo‘l ochadi, shu bilan birga, talabalar chuqur va boy taʼlim tajribasini taqdim etadigan Xitoy o‘quv jarayoni muhitiga kirishib ketish imkonini ega bo‘lishadi.
Amaliyot
Dasturimizning eng muhim qismi shundan iboratki, SIUT va NEEPU universitetlari o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan talabalar Shimoli-sharqiy elektr energetikasi universitetining loyihalashtirish institutida ikki haftalik amaliyotlarini o‘taydilar. Ushbu dastur sohaning o‘ziga xos muhim nazariy va amaliy jihatlarini hisobga oladi, talabalarning o‘z sohasida yuksak martabalarga erishishini taʼminlaydi.
2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori
-
Ushbu dastur bitiruvchilari uchun karyera imkoniyatlari:
Issiqlik energetikasi sohasida yuksak bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan holda dasturni tugatgan talabalarga ikki universitetning diplomlari (Double diploma) beriladi.
Issiqlik energetikasi sohasida quyidagi kasblarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
- Energetika muhandisi / qayta tiklanadigan energiya muhandisi
- Elektr stansiya muhandisi
- Energetik tizimlar tahlilchisi
- Energetika bo‘yicha maslahatchi
- Energetik tadqiqotlar va sohani rivojlantirish muhandisi
- Atrof-muhitni muhofaza qilish muhandisi
-
Bakalavriat bosqichining o‘quv dasturlari:
-
Semester - I
Subjects
Semester - II
Subjects
1
Calculus – I
1
Calculus II
2
Physics -I
2
Physics I - Mechanics & Lab
3
ICT
3
Linear Algebra
4
Introduction to Energy and Power Engineering- I
4
Introduction to Energy and Power Engineering- II
5
Academic English I
5
Academic English II
6
Second Language I (French, Chinese or Korean)
6
Second Language II (French, Chinese or Korean)
-
Semester - III
Subjects
Semester - IV
Subjects
1
Hydrodynamics (Engineering Fluid Mechanics)
1
Fundemental of Thermodinamics and Heat Transfer
2
Calculus III
2
Probability and Mathematical Statistics
3
Computer basis and C Programming
3
Overview of Chine
4
Power Plant Chemistry- I
4
Power Plant Chemistry- I
5
Academic English III
5
Academic English IV
6 Second Language III (French, Chinese or Korean)
6 Second Language IV (French, Chinese or Korean)
-
-
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
- Pasport nusxasi (roʻyxatdan oʻtgan joyi koʻrsatilgan holda) yoki ID karta (PDF formatida);
- O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (PDF formatidagi attestat yoki diplom);
- JPEG (yoki PNG, BMP) shakldagi fotosurat 3,5x4,5 sm;
- Chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatining skani (agar mavjud bo‘lsa): IELTS - 5,5+; TOEFL IBT - 46-59+; TOEFL ITP - 450+; CEFR - B2+; Cambridge Assessment English FCE - B2+. Ushbu sertifikatlardan biriga ega bo‘lish sizga chet tili imtihonidan ozod etilish imkonini beradi.
- SAT sertifikatining skan varianti (agar mavjud bo‘lsa): Matematika - 600 va undan yuqori, ingliz tili - 500 va undan yuqori. SAT 1100+ sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan ozod etiladi.
O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasasida (maktab, texnikum, kollej yoki akademik litsey) o‘qishni bitirguningizga qadar, o‘zingiz tahsil olayotgan muassasaning bitiruvchisi ekanligingizni tasdiqlovchi ma’lumotnomani tegishli hujjat sifatida tizimga yuklashingiz mumkin.
SIUTda abituriyentlar uchun grantlar mavjud
Savollar va javoblar
Ro'yxatdan o'tgan raqamingizga SMS yuboriladi va unda imtihon sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Shuningdek, kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar www.siut.uz rasmiy veb-saytimizda hamda Facebook, Instagram, Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarimizda e’lon qilinadi.
Ha, mumkin. O‘qishni ko‘chirish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.