Skip to main content

Neft va gaz muhandisligi

Neft va gaz muhandisligi

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ta’lim tajribali xorijlik o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida olib boriladi. Bugungi kunning zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) talabalarni axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali, zamonaviy sanoat talablariga javob bera oluvchi mutaxassislar sifatida tayyorlashga ixtisoslashgan. Zamonaviy bozor talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan o‘quv rejasi talabalarga o‘qishni tamomlagach, raqobat muhitida o‘ziga xos ustunlik hamda muvaffaqiyatli tarzda ish bilan ta’minlanish imkonini taqdim etadi.

Yo‘nalishga oid ma’lumotlar

  • O‘rinlar soni (kvota)

    -

  • Grantlar soni*
    1 o‘rin
  • O‘qish muddati
    4 yil (8 semestr)
  • Ta’lim shakli
    kunduzgi
* - kafolatlangan grantlar soni. Ushbu son grant asosida oʻqishga kirish imtiyozlariga ega bo‘lgan abituriyentlar bilan ko‘payishi mumkin.

Qabul komissiyasi bilan aloqa

  • Email:
    This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  • Telefon:
  • Telegram-bot:
Telegram kanalimizni kuzatib boring
  • SIUTning neft va gaz muhandisligi bakalavriat dasturi talabalarga suv omborlarida ish olib borish, burg‘ulash ishlari, quduqlarni qazishni rejalashtirish, qazilmalarni optimallashtirish va yer qatlamlarni modellashtirish bo‘yicha umumiy ta’lim beradi.

    2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori

  • Ushbu dastur bitiruvchilari uchun karyera imkoniyatlari:

    Neft va gaz muhandisligi yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan bitiruvchilar suv omborlarida ish olib borish bo‘yicha muhandis sifatida faoliyat olib borishlari mumkin. Bundan tashqari, ular burg‘ulash, quduqlarni qazish va ko‘mish sohalariga oid faoliyatlar bilan ham shug‘ullanishlari mumkin, bunda ular yerosti resurslarni optimal samaradorlik bilan qazib olish uchun burg'ulash operatsiyalarini strategik rejalashtirish va burg‘ulash ishlariga rahbarlik qilishlari mumkin. Shuningdek, ular qazilmalar muhandisiga aylanishlari mumkin, bunda bitiruvchilar neft va gaz quduqlarining ishlashi va tiklanishini optimallashtirishda muhim rol o‘ynaydilar.

    Bundan tashqari, bitiruvchilar an’anaviy energetika yo‘nalishlaridan chekingan holda ekologik va barqaror energetika sohasi bilan shug‘ullanishlari mumkin. Ular uglerodni qo‘lga kiritish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini integratsiya qilish kabi muammolarni hal qilish uchun o‘z bilim va tajribalarini qo‘llash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

    Yana savollar bormi?

  • Bakalavriat bosqichining o‘quv dasturlari:

    • Semester - I

      Subjects

      Semester - II

      Subjects

      1

      Calculus – I

      1

      Calculus – II

      2

      General Chemistry & Lab

      2

      Physics I – Mechanics & Lab

      3

      ICT

      3

      Linear Algebra

      4

      Introduction to Engineering 

      4

      Freshman Design

      5

      Academic English – I

      5

      Academic English – II

      6

      Second Language I (French, Chinese or Korean)

      6

      Second Language II (French, Chinese or Korean)

       

    • Semester - III

      Subjects

      Semester - IV

      Subjects

      1

      Differential Equations 

      1

      Statistics and Probability

      2

      Physics II - Electricity and Magnetic & Lab

      2

      Introduction to Thermodynamics

      3

      Statics

      3

      Reservoir Rock Properties

      4

      Physical Geology

      4

      Strengths of Materials & Lab

      5

      Academic English III

      5

      Academic English IV

      6

      Second Language III (French, Chinese or Korean)

      6 Second Language IV (French, Chinese or Korean)
    • Semester -V

      Subjects

      Semester -VI

      Subjects

      1

      Numerical Analysis

      1

      Formation Evaluation

      2

      Reservoir Fluid Properties & Lab

      2

      Petroleum Chemical Engineering

      3

      Drilling and Completions

      3

      Mechanics and Process of Petroleum Production

      4

      Human Science Elective

      4

      Data Analysis (Python)

      5

      Sedimentology and Stratigraphy

      5

      Human Science Elective

    • Semester -VII

      Subjects

      Semester -VIII

      Subjects

      1

      Petroleum Geology

      1

      Internship in Company

      2

      Reservoir Modeling

      2

      Bachelor Project/Paper

      3

      Well Testing

      3

       

      4

      Engineer, Ethics, Profession, Responsibility

      4

       

      5

      Management & Finance in Engineering

      5

       

    Yana savollar bormi?

  • Kerakli hujjatlar ro‘yxati:

    1. Pasport nusxasi (roʻyxatdan oʻtgan joyi koʻrsatilgan holda) yoki ID karta (PDF formatida);
    2. O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (PDF formatidagi attestat yoki diplom);
    3. JPEG (yoki PNG, BMP) shakldagi fotosurat 3,5x4,5 sm;
    4. Chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatining skani (agar mavjud bo‘lsa): IELTS - 5,5+; TOEFL IBT - 46-59+; TOEFL ITP - 450+; CEFR - B2+; Cambridge Assessment English FCE - B2+. Ushbu sertifikatlardan biriga ega bo‘lish sizga chet tili imtihonidan ozod etilish imkonini beradi.
    5. SAT sertifikatining skan varianti (agar mavjud bo‘lsa): Matematika - 600 va undan yuqori, ingliz tili - 500 va undan yuqori. SAT 1100+ sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan ozod etiladi.

    O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasasida (maktab, texnikum, kollej yoki akademik litsey) o‘qishni bitirguningizga qadar, o‘zingiz tahsil olayotgan muassasaning bitiruvchisi ekanligingizni tasdiqlovchi ma’lumotnomani tegishli hujjat sifatida tizimga yuklashingiz mumkin.

    SIUTda abituriyentlar uchun grantlar mavjud

Savollar va javoblar

Siz tomoningizdan yo‘llangan ta’limga oid har qanday savolingizga javob berishga tayyormiz. Sababi Yangi O‘zbekiston kelajagini ifodalovchi yoshlarimizning eng yaxshi vakillarini talabalarimiz safiga jalb etishdan ham manfaatdormiz.
Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish uchun pul to‘lashim kerakmi?
Yo‘q, bu jarayonlarning barchasi mutlaqo bepul amalga oshiriladi!
Imtihon qachon va qayerda bo‘lishini qanday bilsam bo‘ladi?

Ro'yxatdan o'tgan raqamingizga SMS yuboriladi va unda imtihon sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Shuningdek, kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar www.siut.uz rasmiy veb-saytimizda hamda Facebook, Instagram, Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarimizda e’lon qilinadi.

O‘zim tahsil olayotgan oliygohdan SIUT universitetiga o‘qishni ko‘chirishim mumkinmi?

Ha, mumkin. O‘qishni ko‘chirish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.