Xalqaro logistika
Xalqaro logistika
Xalqaro logistika fanlararo soha hisoblanadi va sanoat muhandisligi, tizimli muhandislik, logistika, xaridlar, axborot texnologiyalari va marketing yoʻriqnomalarini oʻzida jamlaydi. SIUTning “Xalqaro logistika” boʻyicha dasturi mahsulotni yetkazib berish yoki mahsulotni yetkazib beruvchi tomonidan iste’molchiga tovarlarni taqdim etilishi bilan bogʻliq boʻlgan odamlar, resurslar va axborotlar tizimini boshqara oladigan yuqori malakali kasb egalari boʻlib yetishish uchun talabalarni o’qitishga va hayotga tayyorlashga yoʻnaltirilgan.
Yo‘nalishga oid ma’lumotlar
-
O‘rinlar soni (kvota)25 o‘rin
-
Grantlar soni*1 o‘rin
-
O‘qish muddati4 yil (8 semestr)
-
Ta’lim shaklikunduzgi
Qabul komissiyasi bilan aloqa
-
Email:
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. -
Telefon:
-
Telegram-bot:
Telegram kanalimizni kuzatib boring
-
SIUTning “Xalqaro logistika” fakulteti tadbirkorlik sohasida, shu jumladan, buxgalteriya hisobi, iqtisod, moliya va ta’minot zanjirlarini tanqidiy tomonlama samarali boshqarish uchun logistik va operatsion funktsiyalarga urgʻu beriladigan boshqaruv va marketing sohalarida talabalarga umumiy bilimlar beradi. Talabalar omborlarni tashkillashtirish, tovarlarni inventarizatsiya qilish, tovarlarni sotib olish, tashish va tarqatish boʻyicha tegishli bilimlarga ega boʻladilar. Shuningdek, talabalar strategik imtiyoz beruvchi savdo-sotiq bilan shugʻullanish, turgʻun logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarish, loyihalarni boshqarish tamoyillari va strategiyalari, ta’minot zanjirining integrallashgan boshqaruvi, hamda xalqaro etika va boshqaruv qadriyatlari kabi muhim sohalarni ham oʻrganadilar.
Dastur ahloqiy tamoyillarga, turli-tuman muhitdagi shaxslararo samarali munosabatlarga asosiy e’tiborni qaratgan holda talabalarning shaxs sifatida va ma’naviy jihatdan oʻsishiga muvofiq keladi. Shu bilan birga mazkur bakalavriat dasturi ijtimoiy fanlar sohasida muntazam ravishda ta’lim olish yoʻlida talabalarni keng qamrovli fundamental bilimlar bilan ta’minlaydi. Mazkur bakalavriat dasturi talabalarga oʻqish davomida olgan bilimlarini darhol ish oʻrinlarida bevosita qoʻllash imkonini yaratadi.
2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori
-
Ushbu dastur bitiruvchilari uchun karyera imkoniyatlari:
Logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarish talabalarimiz uchun yirik kompaniyalarda hamda kichikroq korxonalarda loyiha menejeri, soha boʻyicha tahlilchi, logistika sohasining global menejeri, yuk tashish boʻyicha direktor, ta’minotlar zanjiri va “startup”lar boʻyicha maslahatchi, ta’minot logistikasi boʻyicha menejer, xaridlar boʻyicha direktor, logistika koordinatori, inventarlashtirish boʻyicha menejer, logistika boʻyicha xalqaro menejer, xaridlar boʻyicha menejer, logistika boʻyicha muhandis, “startup”lar menejeri kabi lavozimlarida ishlash imkoniga ega boʻladilar.
-
Bakalavriat bosqichining o‘quv dasturlari:
-
Semester - I
Subjects
Semester - II
Subjects
1
Mathematics for Business-I
1
Mathematics for Business-II
2
Microeconomics
2
Macroeconomics
3
ICTE
3
TDM: Transportation and Distribution Management
4
Introduction to Logistics
4
Principles of Accounting
5
Academic English I
5
Academic English II
6
Second Language I (French, Chinese or Korean)
6
Second Language II (French, Chinese or Korean)
-
Semester - III
Subjects
Semester - IV
Subjects
1
Multimodal Transportation (Land-based System) & Warehouse Management
1
E-Logistics in Supply Chain Management
2
Legal and Ethical Environment of Business
2
Statistics for Business
3
Organizational Behavior
3
Research Methods
4
Principles of Marketing
4
Human Resource Management
5
Academic English III
5
Academic English IV
6
Second Language III (French, Chinese or Korean)
6
Second Language IV (French, Chinese or Korean)
-
Semester -V
Subjects
Semester -VI
Subjects
1
Operations Management
1
Inventory Management
2
Air Transportation
2
Procurement Management and Analysis in the Global Sphere
3
Global Supply Chain Analytics and Sustainable & Lean Supply Chain
3
Business Psychology
4
Business Communication
4
Vendor Management
5
Business Analytics
5
Project Integration Management
6
Project Risk & Quality Management
6
Logistics System Analysis
-
Semester - VII
Subjects
Semester - VIII
Subjects
1
Advanced Logistics Management
1
New Developments in the Logistics and SCM - Case Studies in Global Context
2
Project Research Proposal in Logistics (SCM)
2
Bachelor Project/Paper
3
Strategic Management
3
Internship in Company
4
Global Alliances and International Supply Chain Management
5 Logistics Network Analysis
-
-
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
- Pasport nusxasi (roʻyxatdan oʻtgan joyi koʻrsatilgan holda) yoki ID karta (PDF formatida);
- O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (PDF formatidagi attestat yoki diplom);
- JPEG (yoki PNG, BMP) shakldagi fotosurat 3,5x4,5 sm;
- Chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatining skani (agar mavjud bo‘lsa): IELTS - 5,5+; TOEFL IBT - 46-59+; TOEFL ITP - 450+; CEFR - B2+; Cambridge Assessment English FCE - B2+. Ushbu sertifikatlardan biriga ega bo‘lish sizga chet tili imtihonidan ozod etilish imkonini beradi.
- SAT sertifikatining skan varianti (agar mavjud bo‘lsa): Matematika - 600 va undan yuqori, ingliz tili - 500 va undan yuqori. SAT 1100+ sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan ozod etiladi.
O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasasida (maktab, texnikum, kollej yoki akademik litsey) o‘qishni bitirguningizga qadar, o‘zingiz tahsil olayotgan muassasaning bitiruvchisi ekanligingizni tasdiqlovchi ma’lumotnomani tegishli hujjat sifatida tizimga yuklashingiz mumkin.
SIUTda abituriyentlar uchun grantlar mavjud
Savollar va javoblar
Ro'yxatdan o'tgan raqamingizga SMS yuboriladi va unda imtihon sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Shuningdek, kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar www.siut.uz rasmiy veb-saytimizda hamda Facebook, Instagram, Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarimizda e’lon qilinadi.
Ha, mumkin. O‘qishni ko‘chirish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.