Raqamli iqtisodiyot
Raqamli iqtisodiyot
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ta’lim tajribali xorijlik o‘qituvchilar: Koreys texnologiyasi va madaniyati instituti (KITC) raqamli iqtisodiyot kafedrasi mudiri, professor Joongho Ahn, Koreys texnologiyasi va madaniyati instituti (KITC) dekani, professor Sungdon Hwang tomonidan olib boriladi.
KITC da ta’lim 4 yil davom etadi va O‘zbekiston va Koreya Respublikasi oliy ta'lim nizomlariga asosan 3+1 dasturiga (3 yil O‘zbekistonda va 1 yil Koreyada) muvofiq amalga oshiriladi.
Yo‘nalishga oid ma’lumotlar
-
O‘rinlar soni (kvota)-
-
Grantlar soni*1 o‘rin
-
O‘qish muddati4 yil (8 semestr)
-
Ta’lim shaklikunduzgi
Qabul komissiyasi bilan aloqa
-
Email:
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. -
Telefon:
-
Telegram-bot:
Telegram kanalimizni kuzatib boring
-
Koreya texnologiyasi va madaniyati institutining (KITC-DE) Raqamli iqtisodiyot fakulteti talabalarni biznes va iqtisod sohasida umumiy zamonaviy ta’lim bilan qurollantirish asnosida, juda tez sur’atlarda rivojlanayotgan raqobatbardosh biznes muhitida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni berishni ko‘zda tutadi. Shunday qilib, talabalar boshqaruvning dasturiy ta’minoti sanaluvchi koreys mo‘jizasi, raqamli iqtisodiyot kontekstida global iqtisodiyotdagi inqilobiy jarayonlarni e’tiborga olgan holda ta’lim olishlari lozim.
KITC-DE koreyalik o‘qituvchilarning boy tajribasi, zamonaviy jihozlar va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutgan bakalavriat va magistratura bosqichidagi sifatli ta’limni taklif etadi. Professor-o‘qituvchilar jamoasi tarkibidan ta’lim sifatini ta’minlovchi, talabalarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashuvchi mutaxassislar, olimlar va ekspertlar o‘rin olgan. Ular ta’lim jarayoniga o‘zlaridagi boy amaliy tajriba va akademik bilimlarni jalb qilgan holda, talabalarga nazariy bilimlar hamda amaliyot uyg‘unlashtirilgan keng qamrovli ta’limni kafolatlaydilar. O‘qituvchilar talabalarning akademik va kasbiy maqsadlariga erishishlarida individual yondashuv asosida ko‘maklashadilar, maslahat va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga harakat qiladilar.
Iqtisodiyotni raqamlashtirish zamonamizning eng muhim masalalaridan biridir. Raqamli texnologiyalar biznes amaliyoti hamda odamlar hayotini tubdan o‘zgartirdi, ushbu jarayon esa kelajakda ham xuddi shunday davom etishidan darak beradi. Raqamli iqtisodiyot dasturi raqamli iqtisod va biznes asoslarini o‘rgatadi hamda uning korxonalar, bozorlar va jamiyatga ta’sirini tadqiq etadi. Mazkur dastur tarmoq ta’siri natijasi sanalgan biznes-modellar, platforma va metakoinot iqtisodiyoti, tizimli raqobat, blokcheyn va boshqalarning global biznesga ta’sirini o‘rganadi.
Raqamli iqtisodiyot dasturi reallik asosidagi amaliy ko‘nikmalar va ish tajribasiga e’tibor qaratgan holda, yuqori darajadagi interfaollik asosida yaratilgan. Bunda talabalar turli loyihalar va mavzulashtirilgan (tematik) tadqiqotlarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar, bu esa ularning amaliy tajribalarini oshirishda yordam beradi. Ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar Koreyaning nisbatan qisqa vaqt ichida yuqori konsentratsiyalangan iqtisodiy o‘sishga erishish strategiyasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.
Raqamli iqtisodiyot bo‘yicha bakalavriat dasturi koreys mo‘jizasi hisoblangan boshqaruv dasturini raqamli iqtisodiyot dasturiy ta’minoti kontekstida global iqtisodiyotdagi inqilobiy o‘zgarishlarning asosiy xarakteristikasini o‘rgatish maqsadida yaratilgan.
2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori
-
Ushbu dastur bitiruvchilari uchun karyera imkoniyatlari:
“Raqamli iqtisodiyot” sohasi bakalavriat dasturi bitiruvchilari keng ko‘lamli kasbiy faoliyatni amalga oshirishda ilg‘or ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘ladilar. Ular sohadagi muammolarni, shuningdek, kelajakdagi ko‘plab masalalarni yangi va innovatsion raqamli texnologiyalardan to‘g‘ri foydalanish orqali hal qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ta’lim talabalarga tadbirkor yoki “startup” kompaniya sifatida shaxsiy faoliyatini tashkil etish, yoki tadbirkorlarga yangi korxona va firmalar yaratishda yordam berish imkoniyatini ochib beradi.
Raqamli iqtisodiyot sohasida bakalavr darajasi nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida, shu bilan birga Koreyada davlat va xususiy tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlash huquqini beradi. Masalan, ushbu dastur asosida tahsil olgan bitiruvchilar raqamli biznes-jarayonlarni rivojlantiruvchi, takomillashtiruvchi va ishlab chiquvchi yuqori texnologiyali kompaniyalar xodimi, shuningdek, biznesning anʼanaviy sohalari va davlat boshqaruvi yo‘nalishlaridagi vakili sifatida ishlashlari mumkin.
-
Bakalavriat bosqichining o‘quv dasturlari:
-
Semester - I
Subjects
Semester - II
Subjects
1
Introduction to Digital Economy and Business
1
Math for Digital Economy
2
Math for Digital Economy
2
MIS (Management Information Systems)
3
ICT
3
Introduction to Programming with Python for Business
4
Principles of Economy
4
Applied Accounting
5
Academic English I
5
Academic English II
6
Second Language I (French, Chinese or Korean)
6
Second Language II (French, Chinese or Korean)
-
Semester - III
Subjects
Semester - IV
Subjects
1
Statistical Analysis of Big Data with Python
1
Statistical Analysis with R
2
Statistics
2
AI & Business Decision Making
3
e-Commerce
3
Digital Transformation and Business Model Innovation
4
Finance
4
DBMS
5
Academic English III
5
Academic English IV
6
Second Language III (French, Chinese or Korean)
6
Second Language IV (French, Chinese or Korean)
-
Semester -V
Subjects
Semester -VI
Subjects
1
Venture & Startup Practicum I
1
Applied AI and ML
2
Creating New Business*
2
Venture & Startup Practicum II
3
Management Strategy
3
Technology Management
4
Introductory Econometrics
4
Scientific Research Methods
5
Organizational Behavior
5
Business Analytics
-
Semester -VII
Subjects
Semester -VIII
Subjects
1
Information Security (Cyber Security)
1
Bachelor Project/Paper
2
Digital Marketing and Analytics
2
Internship in Company
3
Market Research
3
Career Development and Employability
4
Digital Ethics, Privacy and Regulations
5
Blockchain Technology in Business
-
-
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
- Pasport nusxasi (roʻyxatdan oʻtgan joyi koʻrsatilgan holda) yoki ID karta (PDF formatida);
- O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (PDF formatidagi attestat yoki diplom);
- JPEG (yoki PNG, BMP) shakldagi fotosurat 3,5x4,5 sm;
- Chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatining skani (agar mavjud bo‘lsa): IELTS - 5,5+; TOEFL IBT - 46-59+; TOEFL ITP - 450+; CEFR - B2+; Cambridge Assessment English FCE - B2+. Ushbu sertifikatlardan biriga ega bo‘lish sizga chet tili imtihonidan ozod etilish imkonini beradi.
- SAT sertifikatining skan varianti (agar mavjud bo‘lsa): Matematika - 600 va undan yuqori, ingliz tili - 500 va undan yuqori. SAT 1100+ sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan ozod etiladi.
O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasasida (maktab, texnikum, kollej yoki akademik litsey) o‘qishni bitirguningizga qadar, o‘zingiz tahsil olayotgan muassasaning bitiruvchisi ekanligingizni tasdiqlovchi ma’lumotnomani tegishli hujjat sifatida tizimga yuklashingiz mumkin.
SIUTda abituriyentlar uchun grantlar mavjud
Savollar va javoblar
Ro'yxatdan o'tgan raqamingizga SMS yuboriladi va unda imtihon sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Shuningdek, kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar www.siut.uz rasmiy veb-saytimizda hamda Facebook, Instagram, Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarimizda e’lon qilinadi.
Ha, mumkin. O‘qishni ko‘chirish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.