Tadbirkorlik va menejment
Tadbirkorlik va menejment
Yo‘nalishga oid ma’lumotlar
-
O‘rinlar soni (kvota)25 o‘rin
-
Grantlar soni*1 o‘rin
-
O‘qish muddati4 yil (8 semestr)
-
Ta’lim shaklikunduzgi
Qabul komissiyasi bilan aloqa
-
Email:
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. -
Telefon:
-
Telegram-bot:
Telegram kanalimizni kuzatib boring
-
Bu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar asosiy yetakchilik ko‘nikmalarini qo‘lga kiritish bilan birga, o‘zlarida tadbirkorlik uchun zarur tafakkurni ham rivojlantiradilar. Ularda ijodiy fikrlashga, imkoniyatlarni aniqlash va tahlil etishga hamda bozor ehtiyojlarini qondirish uchun innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga oid ko‘nikmalar shakllantiriladi. Ushbu ko‘nikmalar intiluvchan tadbirkorlar uchun tengsiz hisoblanib, boshqaruv lavozimlaridagi ish beruvchilar tomonidan ham yuksak qadrlanadi. Mazkur dastur malakaviy amaliyot, amaliy tadqiqotlar va loyihaga asoslangan topshiriqlar kabi imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu amaliy tajriba talabalarga nazariy bilimlarni real sharoitlarda qo‘llash, qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda boshqaruv va tadbirkorlik bo‘yicha o‘z malakalarini oshirishlariga sharoit yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, tadbirkorlik va menejment yo‘nalishi bo‘yicha biznes boshqaruvi bakalavriat dasturini o‘zlashtirish talabalarda biznesni boshqarish tajribasini yuksaltirish, yetakchilik qobiliyatlarini o‘stirish, tadbirkorlik uchun zarur tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha mustahkam poydevor yaratadi. Ushbu dastur vositasida qo‘lga kiritilgan ko‘nikmalarning xilma-xilligi bitiruvchilarni turli sohalarda muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari uchun yoki tadbirkorlik ishini boshlashlari uchun puxta zamin yaratadi.
2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori
-
Ushbu dastur bitiruvchilari uchun karyera imkoniyatlari:
Tadbirkorlik va menejment sohasida biznes boshqaruvi bakalavr darajasiga ega bo‘lgan bitiruvchilar muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatni amalga oshirishda keng imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Bunda ular quyidagi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatishlari mumkin: tadbirkor / “startup” asoschisi, biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejer, menejment bo‘yicha maslahatchi, loyiha menejeri, marketing menejeri va boshqalar.
-
Bakalavriat bosqichining o‘quv dasturlari:
-
Semester - I
Subjects
Semester - II
Subjects
1
Mathematics for Business-I
1
Mathematics for Business-II
2
Microeconomics
2
Macroeconomics
3
ICTE
3
Principles of Marketing
4
Introduction to Management
4
Principles of Accounting
5
Academic English I
5
Academic English II
6
Second Language I (French, Chinese or Korean)
6
Second Language II (French, Chinese or Korean)
-
Semester - III
Subjects
Semester - IV
Subjects
1
Project Management Fundamentals
1
Statistics for Business
2
Legal and Ethical Environment of Business
2
Project Risk & Quality Management
3
Organizational Behavior
3
Research Methods
4
Financial Accounting
4
Human Resource Management
5
Academic English III
5
Academic English IV
6
Second Language III (French, Chinese or Korean)
6
Second Language IV (French, Chinese or Korean)
-
Semester -V
Subjects
Semester -VI
Subjects
1
Disruptive and Creative Innovation Management
1
Business Analytics
2
Entrepreneurial Finance
2
International Business in a Borderless Economy
3
Management and Adaptability to Change
3
Managerial Accounting
4
Business Communication
4
Digital marketing and E-commerce Practices and Strategies
5
International Business (Competitive Locally Produced)
5
Business Psychology
6
Consumer Behavior
6
Sales Management in the Global Scale
-
Semester - VII
Subjects
Semester - VIII
Subjects
1
Project Integration Management
1
Venture and Startup Case Studies
2
Project Research Proposal
2
Bachelor Project/Paper
3
Strategic Management
3
Internship in Company
4
Ethics and Professionalism in Management
5 Managing Growth and Scaling
-
-
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
- Pasport nusxasi (roʻyxatdan oʻtgan joyi koʻrsatilgan holda) yoki ID karta (PDF formatida);
- O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (PDF formatidagi attestat yoki diplom);
- JPEG (yoki PNG, BMP) shakldagi fotosurat 3,5x4,5 sm;
- Chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatining skani (agar mavjud bo‘lsa): IELTS - 5,5+; TOEFL IBT - 46-59+; TOEFL ITP - 450+; CEFR - B2+; Cambridge Assessment English FCE - B2+. Ushbu sertifikatlardan biriga ega bo‘lish sizga chet tili imtihonidan ozod etilish imkonini beradi.
- SAT sertifikatining skan varianti (agar mavjud bo‘lsa): Matematika - 600 va undan yuqori, ingliz tili - 500 va undan yuqori. SAT 1100+ sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan ozod etiladi.
O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasasida (maktab, texnikum, kollej yoki akademik litsey) o‘qishni bitirguningizga qadar, o‘zingiz tahsil olayotgan muassasaning bitiruvchisi ekanligingizni tasdiqlovchi ma’lumotnomani tegishli hujjat sifatida tizimga yuklashingiz mumkin.
SIUTda abituriyentlar uchun grantlar mavjud
Savollar va javoblar
Ro'yxatdan o'tgan raqamingizga SMS yuboriladi va unda imtihon sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Shuningdek, kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar www.siut.uz rasmiy veb-saytimizda hamda Facebook, Instagram, Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarimizda e’lon qilinadi.
Ha, mumkin. O‘qishni ko‘chirish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.