Skip to main content

Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navro'z!

Assalom Navro‘z! Bu bayram sharq xalqlarning do‘stlik va birlik ramzi sifatida keng nishonlanuvchi qadim tarixga ega bayramlardan biridir.

nav2

Kuni kecha Samarqand shahri Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻida “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navro‘z!” degan bosh gʻoya asosida Navro‘z tantanalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bayram tantanalarida viloyatimizning turli idora-tashkilotlari va oliygohlari qatorida Samarqand xalqaro texnologiya universiteti jamoasi hamda talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdi. SIUT xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilari hamda talabalari saylga o‘zgacha shukuh olib kirdilar. Universitetning ijodkor talabalaridan tarkib topgan “Oltin Meros” talabalar teatr studiyasi tomonidan tayyorlangan xitoy va koreys milliy raqslari, ijro etilgan xalq og‘zaki ijodi na’munalari, kuy va qo‘shiqlari xalqimizga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab barchaning e’tibor markazida bo‘ldi.

nav3

nav4

Eslatib o‘tamiz, 21-mart kuni, 21-mart kuni, soat 11:00 dan “Silk Road Samarkand” turistik markazining “Boqiy shahar” majmuasida “Navro‘z Regata” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.

nav5

nav6

nav7