Skip to main content

SIUT professori Xitoyda inşootlar xavfsizligiga bağişlangan ilmiy-amaliy konferensiyada iştirok etdi

Ilmiy izlanişlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilişi tajriba almaşiş va yangi hamkorlik aloqalarini yölga qöyişda muhim ahamiyatga ega. Samarqand xalqaro texnologiya universiteti professori, texnika fanlari doktori Aziza Kuldaşevaning Xitoydagi ilmiy-amaliy konferensiyada iştiroki ham şu jihatdan e’tiborlidir.

03.11.26 02

Professor 2026-yil 29-oktabr – 1-noyabr kunlari Hubei provinsiyasining Uxan şahridagi Wuhan University of Technology’da ötkazilgan “2026 Annual Conference of Structural Safety & Risk Control in Hubei Province” ilmiy-amaliy anjumanida qatnaşdi.

03.11.26 03

Anjumanda u “From Mineral to Structural Safety: Natural Wollastonite Ore in Durable High-Performance Concrete” mavzusida ma’ruza qilib, tabiiy vollastonit mineralidan foydalaniş asosida yuqori mustahkamlikka ega beton oliş böyiça ilmiy tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Şuningdek, mazkur yönalişdagi kelgusi izlanişlar va ilmiy hamkorlik istiqbollariga töxtaldi.

Ilmiy-amaliy konferensiyada iştirok etiş professor uçun öz ilmiy işlanmalarini xorijiy hamkasblar bilan muhokama qiliş va yangi ilmiy aloqalarni rivojlantiriş imkonini berdi.

SIUT ilmiy jamoasining xalqaro anjumanlardagi iştiroki universitet tadqiqotlarini keng ilmiy hamjamiyatga tanitiş hamda ilmiy hamkorlik kölamini kengaytirişga xizmat qilmoqda.