Skip to main content

Kelajak liderlari SIUTda: xalqaro tajriba va yangi imkoniyatlar

Kelajakdagi kasb, karyera va muvaffaqiyat yo‘li haqida eng to‘g‘ri savollar ko‘pincha tajribali insonlar bilan suhbatda tug‘iladi. SIUTda o‘tkazilgan “Leaders of Tomorrow” dasturi ham talabalarga ana shunday imkoniyatni taqdim etdi.

30.09.26 Liders 5

Sentabr oyida Resource Exchange International (REI) va Samarqand xalqaro texnologiya universiteti hamkorligida tashkil etilgan dastur doirasida Singapurdan tashrif buyurgan xalqaro mutaxassislar talabalar bilan uchrashib, qator seminar va mahorat darslarini o‘tkazdilar.

Dastur mehmonlari — texnologiya va marketing sohasida xalqaro tajribaga ega Tracy Quah, AI va tadbirkorlik bo‘yicha ekspert, MAXY Academy asoschisi va CEOsi Isaac Munandar, shuningdek, energetika, logistika va supply chain sohalarida faoliyat yuritgan Edward Tan — talabalar bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdilar.

30.09.26 Liders 2

Uchrashuvlarda karyerani rejalashtirish, muzokara olib borish, shaxsiy brend, global mehnat bozori, AI imkoniyatlari, tadbirkorlik va ish beruvchilar kutayotgan ko‘nikmalar haqida ochiq va amaliy suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Talabalar ekspertlar bilan individual muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha maslahatlar olish imkoniga ham ega bo‘ldilar.

Dasturning yana bir qiziqarli jihati — “Biznes boshlash kerakmi yoki avval tajriba orttirish uchun ishlash kerakmi?” kabi real hayotga yaqin savollar atrofidagi panel muhokamalari bo‘ldi.

30.09.26 Liders

“Leaders of Tomorrow” SIUT talabalari uchun xalqaro tajribani bevosita auditoriyaga olib kirgan, bilimni real hayot va kelajakdagi karyera bilan bog‘lagan mazmunli uchrashuvlar maydoniga aylandi.