Skip to main content

SIUTda xalqaro ekspertlar bilan uçraşuv va seminarlar taşkil etilmoqda

Ba’zi bilimlar kitoblardan, ba’zilari esa katta tajribaga ega insonlar bilan muloqotdan örganiladi. Ayniqsa, kelajakda qanday mutaxassis bölişni istayotgan yoşlar uçun bunday uçraşuvlarning ahamiyati katta.

SIUTda talabalarni kasbiy hayotga tayyorlaşga qaratilgan xalqaro seminarlar muntazam taşkil etib kelinmoqda. 2–3-noyabr kunlari Resource Exchange International (REI) taşabbusi bilan “Success Beyond the Classroom” seminarlar turkumining navbatdagi uçraşuvlari bölib ötdi.

1 4

Ularda Singapurning Add Courage taşkiloti asosçisi va boş direktori Lawrence Lee hamda AQŞ Harbiy-havo kuçlarida 30 yil xizmat qilgan iste’fodagi polkovnik, xalqaro trener Merrily Madero talabalar bilan öz tajribalarini örtoqlaşdilar.

1 5

Maşğulotlarda yetakçilik, jamoani boşqariş, mehnat bozorida öz örnini topiş, tanqidiy fikrlaş va muammolarni hal qiliş könikmalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar xalqaro ekspertlardan amaliy tavsiyalar olib, özlarini qiziqtirgan savollarga javob topdilar.

“Success Beyond the Classroom” — talabalarga auditoriyada olingan bilimlardan taşqari, hayot va kasbiy faoliyatda zarur böladigan könikmalarni egallaşga yordam beradigan yana bir muhim taşabbus böldi.