Skip to main content

Bitiruvchilar SIUTni tanlamoqdalar

Joriy yilning 4-aprel kuni Jomboy tumanidagi MMTV tasarufidagi 36-o‘rta maktabi Samarqand xalqaro texnologiya universiteti jamoasi va tumanning yigirmaga yaqin maktablaridan kelgan bitiruvchi yoshlarga mezbonlik qildi. Uchrashuvda tuman hokimi Qayum Sobirov ham ishtirok etib, ustoz-murabbiylarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, iste’dodli o‘quvchilarni kashf etish, ularni o‘zlari qiziqqan hamda orzu qilgan kasbga yo‘naltirish, ta’lim sohasining muhim vazifasi ekanini a’lohida ta’kidladi.

jambay 7

“Yoshlarning yetuk mutaxassis bo‘lishidan manfaatdorligimizni anglaganimizdagina ta’lim tizimidagi islohotlar samara beradi” – dedi Jomboy tuman hokimi Qayum Sobirov.

jambay 4

jambay 5

jambay 3

O‘quvchi yoshlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlariga ko‘maklashish, oliygohlarga yo‘naltirish maqsadida Oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shu maqsadda SIUTning xorijiy professor-o‘qituvchilari ham uchrashuv davomida o‘zlari rahbarlik qilayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdilar va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv davomida maktab o‘quvchilari va tuman madaniyat uyi xodimlarining badiiy chiqshlari kechaga fayz bag‘ishladi.

jambay 1

Universitet rektori, professor Yusuf Abdullayev maktab jamoasiga ikki yil davomida universitetda amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar hamda universitetning ta’lim yo‘nalishlari va istiqboldagi rejalari haqida batafsil to‘xtaldi. Ayniqsa, uchrashuv davomida xorijlik professor- o‘qituvchilar: Koreya texnologiyasi va madaniyati instituti dekani prof. Sungdon Hwang (Janubiy Koreya), Computer Science va IT markazi boshlig‘i, prof. Mohammad Galety (Hindiston), Xitoy energetika instituti dekani Liu Chuang (Xitoy), professor Ron Wiley (AQSH) hamda professor Brahim Fezzani (Tunis), professor Mohammed Awadlarning (Kanada) chiqishlari bitiruvchilarga katta qiziqish uyg‘otdi va o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Uchrashuv davomida SIUT va mazkur maktab o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu bitim universitet rektori, professor Yu. Abdullayev va Jomboy tumani 36-maktab direktori N. Gafurova tomonidan imzolandi.

jambay 6

Memorandumdan ko‘zlangan maqsad: pedagoglarga ta’lim jarayonlarini takomillashtirishda metodik yordam ko‘rsatish, o‘quvchilarga esa bo‘lajak kasbini tanlashida imkon qadar ko‘maklashishdir.

O‘quvchilarning maktab davridan oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan tanishib borishi kelajakda aniq maqsadlar asosida o‘qishni davom ettirishlariga yordam beradi.