Skip to main content

Xotira muqaddas, g‘alaba to abad!

Bugun, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand shahrida joylashgan Xotira maydonidagi Motamsaro ona haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat va shahar hokimligi, huquqni muhofaza qilish idoralari, korxona, muassasa va tashkilotlar, yoshlar hamda SIUT talabalari, mahalliy va xorijlik professor-o‘qituvchilari va xodimlari ham ishtirok etib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qoʻyishdi.

VD 02

VD 04

VD 03

VD 04 1

VD 04 2

Tarixiy xotirani asrab-avaylash, uni keyingi avlodlarga yetkazish muhimligini; xalqning Ulug‘ Vatan urushidagi jasorati, Vatanga cheksiz muhabbat va uni o‘z hayoti evaziga himoya qilishga tayyorlik namunasi bo‘lib qolishini ta’kidladi SIUT rektori, professor Yusuf Abdullayev.

VD 05

VD 06

Tadbir barcha ishtirokchilarda chuqur his-tuyg‘ularni uyg‘otdi. SIUT har yili 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning xotirasini asrab-avaylashga hurmat va ehtirom ko‘rsatuvchi tadbirlar o‘tkazib keladi.

VD 07

Vatan tinchligi va kelajak avlodning nurli istiqboli yo‘lida jon fido qilgan qahramonlar jasorati va porloq xotirasi hamisha qalblarimizda yashaydi!