Abituriyentlar uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi
2024-yilning 13-iyun sanasida Samarqand xalqaro texnologiya universitetiga qiziqishi yuqori hamda yaqindan tanishish istagida bo‘lgan aksariyat abituriyentlarning talab va istaklariga binoan, oliygoh haqida batafsil ma’lumot berish va yaqindan tanishtirish maqsadida, universitetning xorijiy professorlari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.


SIUT rektori, professor Yusuf Abdullayev tomonidan universitet xorijiy professor-o‘qituvchilarning tarkibi tanishtirildi hamda talabalarimizni qanday istiqbollar kutayotgani, ular xorijiy davlatlardagi yetakchi oliygohlarda tahsilni davom ettirish imkoniyati va SIUT bitiruvchilarining respublikamiz va xorijdagi kompaniyalarda ishga joylashishlariga oid qimmatli ma’lumotlar berildi.




Mazkur uchrashuvda universitetning tajribali xorijlik o‘qituvchilari SIUTning bo‘jalak talabalari, ularning ota-onalari va keng jamoatchilik vakillariga 2024/2025-o‘quv yili qabul jarayonlari, SIUTda qo‘llaniladigan dual ta’lim tizimining xususiyatlari hamda Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda energetika, texnologiya, dizayn hamda raqamli iqtisodiyot kabi ta’lim yo‘nalishlari, noyob qo‘shma dasturlari bilan tanishtirdilar.
Uchrashuv davomida yig‘ilganlar oliygoh faoliyati, dars jarayonlari, fakultet va yo‘nalishlar haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi hamda ularga universitetning xorijiy-professor o‘qituvchilaridan batafsil javoblar oldilar.




Eslatib o‘tamiz, Samarqand xalqaro texnologiya universitetida yangi 2024-2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda. 11 ta bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha jami 275 ta kvota ajratilgan. Hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 20-iyuliga qadar davom etadi.
