UZBMB (DTM) imtihonidagi natijangiz bilan SIUT talabasiga aylaning!
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti yangi o‘quv yili uchun quyidagi bakalavriat yo‘nalishlarida qabul davom etayotganini ma’lum qiladi:
Kimyo muhandisligi.
Kimyo muhandisligi dasturida tahsil olish mobaynida talabalar moddalar tuzilishi, kimyoviy reaksiyalar, kinetika va termodinamikaga oid asosiy bilimlarni egallaydilar. Ular kimyoviy birikmalar tahlil hamda ularning sintez jarayonlari, shuningdek, turli kimyoviy usullarning qo‘llanilishi hamda printsiplari xususidagi ma’lumotlarni oladilar. Bundan tashqari, talabalar kimyo muhandisligining asosiy tamoyillari va usullarini jumladan, kimyo sanoatida sifat nazorati va xavfsizlik masalalarini o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladilar.
O‘quv jarayoni dual ta’lim tizimiga asoslangan bo‘lib, talabalar olgan nazariy bilimlarini ham O‘zbekiston, ham xorijdagi qator yirik kimyo sanoati korxonalarida amaliyotda qo‘llash imkonini qo‘lga kiritadilar.
Kimyo muhandisligi yo‘nalishida tahsilni tugatgach, bitiruvchilar turli sohalarda, xususan, tadqiqot, yangi materiallarni ishlab chiqish, kimyoviy ishlab chiqarish va sifat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, ta’lim va fan sohasida muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatga tayyorlanadi.
Dasturning o‘ziga xos jihati shundaki, talabalar kimyo fanini chuqur o‘rganish barobarida kimyo muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha keng ko‘lamli fanlarni ham o‘rganadilar. Bu esa kelajakda kimyo fani hamda sanoat miqyosida kimyoviy jarayonlar va texnologiyalar bo‘yicha mukammal xorijiy til bilimiga ega benazir professional mutaxassis bo‘lib yetishish imkonini beradi.
Geologiya muhandisligi.
Geologiya muhandisligi har qaysi mamlakat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Tabiiy resurslarni izlab topish va qazib olishga ixtisoslashgan muhandislarga jahon mehnat bozorida doimiy ehtiyoj va katta talab mavjud.
Bugungi kunda qidiruv, qazish va ishlab chiqarish usullarining muttasil takomillashtirilishi kelajak avlod mutaxassislari oldiga yangidan-yangi yuqori talablarni qo‘ymoqda. Ular bir vaqtning o‘zida kichik miqyosdagi an’anaviy tog‘-kon burg‘ulash usullarini shuningdek, zamonaviy konlarda qo‘llaniladigan eng yangi va ilg‘or uskunalardan foydalanishni teng darajada tushunishlari kerak.
Samarqand xalqaro texnologiya universitetida yuqori malakali geolog muhandislarni tayyorlash uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan:
- kuchli moddiy texnik baza;
- zamonaviy o‘quv laboratoriyalari;
- konchilik korxonalarida amaliyot o‘tash imkoniyati va hokazo.
SIUTda Kimyo muhandisligi hamda Geologiya muhandisligi yo‘nalishlarida o‘qishga kirib, siz jahon mehnat bozorida yuqori talabga ega dolzarb mutaxassisliklarni qo‘lga kiritasiz!
Yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha SIUTga imtihonsiz kirish uchun siz qabul komissiyasiga UZBMB (DTM) test natijalari qayd etilgan hujjatni taqdim etishingiz kerak.
Minimal o'tish balli - 56,7.
Batafsil ma’lumot uchun telefon: +998557055005.
Manzil: Samarqand shahri Spitamen shoh ko‘chasi, 270-uy (mo‘ljal: Viloyat davlat yo‘l inspeksiyasi va Majburiy ijro byurosi).