SIUTda chekka hududlardan kelgan talabalar bepul yotoqxona bilan ta’minlanadilar
Talabalar diqqatiga!
Har gal yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalar uchun yotoqxona masalasini hal etish muhim masalaga aylanadi. Chunki, oliy ta’limga talabalar qamrovi oshishi natijasida tabiiyki talabalar turar joyiga ehtiyoj ham oshib boradi. Shu bois barcha OTMlar qatori SIUTda chekka hududlardan kelib tahsil oluvchi talabalarga qulaylik yaratish maqsadida turar joy bilan ta’minlash masalasi ham alohida ahamiyatga ega.
SIUT tomonidan chekka hududlardan kelgan talabalar bepul talabalar turar joyi bilan ta’minlanadilar. Uyerda talabalar o‘qish va izlanishlari hamda maroqli hordiq olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Maqsad turar joyga ehtiyoji bor har bir talabaga zarur shart-sharoitlar yaratishdir. Qulay lokatsiyada joylashgan shinam va yetarli shart-sharoitda dam olgan yoshlar xotirjam bilim olishadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta'lim jarayoni sifatiga ham yetarli ta’sir ko‘rsatadi.
Batafsil ma’lumot uchun: +99855 705-50-05