Skip to main content

Hamkorlik - kelajak poydevori

Joriy yilning 29-sentabr kuni Samarqand xalqaro texnologiya universiteti va Britaniya Kengashi (British Council) o‘rtasida institutsional hamda professional aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida har ikki muassasa o‘rtasida hamkorlik shartnomasini tuzish uchun Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi bir guruh vakillari tashrif buyurishdi.

Mazkur uchrashuv davomida SXTUda IELTS test markazini, shuningdek, maxsus ingliz tili kurslarini taqdim etadigan Assessment Center markazini joriy etish muhokama qilindi. Bundan tashqari, SXTU va Britaniya Kengashi vakillari universitet o‘qituvchilarining tashkiliy modellashtirish va rivojlantirish jarayonida Change Academy 3 loyihasida ishtirok etishi muhimligi ta’kidlandi. SXTU O‘zbekiston bo‘ylab bir yillik loyihada ishtirok etayotgan 12 ta universitet qatoriga kiradi.