Skip to main content

SIUT IRBIS sportchisi O‘zbekiston Kubogining kumush va bronza medallari sohibi

2024-yilning 19-23-oktabr kunlari Namangan shahridagi velodromda erkaklar va ayollar o‘rtasida “Elita” toifasidagi O‘zbekiston Ochiq Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada Samarqand xalqaro texnologiya universitetining “SIUT IRBIS” sport klubi vakili, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi, “Issiqlik energetikasi” yo‘nalishi (CIEP) birinchi bosqich talabasi Sevinch Yo‘ldosheva bir yo‘la ikkita medal sohibiga aylandi.

cycing 2

Sevinch Yo‘ldosheva murakkab va yuqori tezlikni talab qiluvchi “Olimpiya sprinti” yo‘nalishida kumush medal sohibiga aylanib, o‘zining sportdagi iste’dodini ajoyib natijalar bilan namoyish etdi. Ushbu velosport turi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan bo‘lib, Sevinchning mazkur yutug‘i uni xalqaro sport maydonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishiga zamin yaratmoqda.

cycing 3

Bundan tashqari, Sevinch jamoaviy “Madison” musobaqasida ham bronza medaliga sazovor bo‘ldi. U velopoygada jamoadoshi bilan birgalikda ajoyib jamoaviy ish olib borib, Olimpiya dasturiga kiritilgan ushbu musobaqada 3-natijani ko‘rsatdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Sevinch Yo‘ldosheva, O‘zbekiston Ochiq Kubogida qo‘lga kiritgan kumush va bronza medallari bilan, professional sportni muvaffaqiyatli tarzda o‘qish bilan birlashtirib, xalqaro musobaqalarda katta marralar sari dadil ildamlamoqda.

cycing 1

“Muvaffaqiyat va g‘alaba – ta’lim va mehnatning amaliy natijasi. Har bir medal menga yangi imkoniyatlar, olayotgan bilimlarim esa yangi muvaffiqiyatlar eshigini ochmoqda!” – dedi sportchimiz Sevinch Yo‘ldosheva.

O‘z navbatida, Samarqand xalqaro texnologiya universiteti ham bu kabi iqtidorli talabalarining sport va ta’limdagi yutuqlaridan faxrlanadi. Sevinch Yo‘ldoshevaning o‘qish va sportdagi muvaffaqiyatlari tengdoshlariga ham ilhom manbai bo‘lib, SIUT talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarining kengligini yana bir bor isbotlaydi.

Universitet jamoasi Sеvinch Yo‘ldoshevani samimiy tabriklab, sport va ta’limda ulkan zafarlar tilaydi! Vatanimiz nomini xalqaro maydonlarda sharaf bilan yuksaltirib, yangi zafar cho‘qqilarni zabt etishdan also charchamang!