Skip to main content

“SIUT Students Girls Club”: fan va texnologiya sohasida talaba qizlar uchun yangi imkoniyatlar

2024-yilning 9-noyabr sanasida Samarqand xalqaro texnologiya universitetida talaba qizlarni ilm-fan va texnologiyalar sohasida rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbus – “Student Girls Club” (Talaba qizlar klubi) tashkil etildi. Ushbu klubning asosiy maqsadi – talaba qizlarni kasbiy mahoratini oshirish, ularga muhandislik, tadbirkorlik va ilmiy sohalarda yangi imkoniyatlar yaratishdir. Klub faoliyatining asosiy yo‘nalishlari orasida innovatsion fikrlash, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish va jamiyatda gender tengligini ta’minlash muhim o‘rin egallaydi. Ushbu tashabbus, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlangan va 2030-yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan Gender tengligiga erishish Strategiyasining amaliy namunasidir.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ayollar va erkaklarning teng huquqliligini ta’minlash, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish, ayollarni turli ­mas’ul lavozimlarga tayinlashga alohida e’tibor qaratilib, huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga 40 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi misol bo‘la oladi. Qolaversa, gender tenglik — bu, mamlakatning demokratik taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi indikatorlardan biri hisoblanadi. Shu bois, bugungi globallashuv davrida jamiyatda bu masalaga ustuvor e’tibor qaratilmoqda.

sgc 2

SIUTda “Talaba qizlar klubi”ning tashkil etilishi tadbirkorlik, muhandislik va boshqa sohalarda talaba qizlar uchun yangi kasbiy ufqlarni ochishga qaratilgan.  Mazkur klub ochilishida “Ishbilarmon ayollar: maqsadlar va yuksak natijalar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Unda ilmda, tadbirkorlikda muvaffaqiyatga erishgan ayollar: Zebiniso Rahmanova Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, Zebo Saidova shahar hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Feruza Xonkeldiyeva  Tadbirkor ayol xalqaro assotsatsiyasi viloyat bo’limi rahbari faxriy mehmon sifatida  taklif etildi.  

Ular o‘z chiqishlarida gender tengligini ta’minlovchi tashabbuslar muhimligini ta’kidlab, xususan, “Milliy kadrlar zahirasi”, “Qizlarjon klubi” faoliyati hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasining aynan xotin-qizlarga oid bandlariga  ham alohida to‘xtalib o‘tdilar.

sgc 3

“Bugungi kunda ayollarimizning imkoniyatlari cheksizdir. Ularning kuchi va izlanishlari jamiyatimizni yanada rivojlantiradi. Birgalikda yuksak marralarni zabt etish yo‘lida barcha sharoitlarni yaratishga tayyormiz,” — Zebiniso Rahmonova.

Bugungi kunda kasblar o‘rtasidagi gender chegaralari yo‘qolib bormoqda; ilgari muhandislik va tadbirkorlik sohalari asosan “erkaklarga xos” deb qaralar edi. Hozirda bu stereotiplar asta-sekinlik bilan yo‘qolib, xotin qizlarga berilayotgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalanib, o‘zlarining kuchli iroda va qat'iyatlari bilan muvaffaqiyatga erishayotgan muhandis, tadbirkor va rahbar opa-singillarimizni  yosh avlod uchun haqiqiy o‘rnak bo‘layotganini faxr bilan ta'kidlash joiz. O‘zbekistonning gender tengligini ta’minlash borasidagi keng ko‘lamli islohotlari doirasida, SIUTning muhandislik fakultetlarida ta’lim olayotgan qizlar ilm-fan va texnologiyaga bo‘lgan ishtiyoqi bilan ajralib turibdi. Bu, o‘zbek qizlarining ilm-fan va texnologiya sohalarida faol ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslarni samarali amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

sgc 4

sgc 5

Klub doirasida talaba qizlar uchun innovatsion fikrlashni rivojlantirish, texnologiyalarni o‘zlashtirish va muvaffaqiyatli karyera qurishga qaratilgan mahorat darslari va amaliy anjumanlar tashkil etilish rejalashtirilgan.

sgc 6

sgc 7

Bu kabi tashabbuslar xotin-qizlarni ilm-fan va texnologiyalar sohasida faol ishtirok etishga, yangi yutuqlarga erishish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni egallashlariga yordam beradi, degan umiddamiz.