Skip to main content

CIEP talabalari uchun Xishrav gidroelektrostansiyasida sayyor dars tashkil etildi

Energetika sohasi — bugungi kunda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yuqori texnologiyali energetika O‘zbekistonning iqtisodiy qudratini oshirish va barqaror taraqqiyotini ta’minlashda asosiy o‘rin tutadi. Energetika sohasidagi ilg‘or tajriba va texnologik yutuqlarni hisobga olgan holda, 2023-yil sentabr oyida SIUTda Xitoyning nufuzli Shimoli-Sharqiy elektroenergetika universiteti (Northeast Electric Power University, NEEPU) bilan hamkorlikda Xitoy energetika instituti (CIEP) tashkil etildi. Ushbu institutda Xitoyning oliy ta’lim dasturlari asosida issiqlik energetikasi bo‘yicha zamonaviy va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytda Xitoy enegetika institutining “Issiqlik energetikasi” yo‘nalishida 37 nafar talaba tahsil olmoqda.

IMG 8130

SIUT o‘zining amaliy ta’limga yo‘naltirilgan yondashuvi orqali talabalarning kelajakdagi muvaffaqiyatini ta’minlashda davom etmoqda. 2024-yilning 15-noyabr sanasida CIEP professori Li XingCan va amaliy ta’lim bo‘limi boshlig‘i Elbek Amirxanov tashabbusi bilan Xitoy enegetika institutining “Issiqlik energetikasi” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun “Uzbekgidroenergo” AJ “Samarqand GES Kaskad” (Xishrav gidroelektrostansiyasi)da sayyor dars tashkil etildi.

IMG 8145

IMG 8156

Sayyor dars mobaynida talabalar elektr energiya ishlab chiqarishning zamonaviy usullari, gidroelektrostansiyalarining ishlash prinsiplari va energiya samaradorligini oshirish usullari bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur sayyor darslar orqali talaba-yoshlarning energetika sohasidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish, nazariyada egallagan bilimlarini amaliy tajriba orqali boyitishni ko‘zda tutadi.

IMG 8169

IMG 8175

Ma’lumot o‘rnida shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur sayyor darslar davlatimiz rahbarining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g’risida”gi Farmoni doirasidagi ilg‘or tashabbuslarni hayotga tatbiq etishning yorqin namunasi bo‘lib, qayta tiklanadigan energiya manbalari va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni rivojlantirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Muxtasar qilib aytganda, SIUT qoshidagi Xitoy energetika instituti amaliy ta’limni rivojlantirib, issiqlik energetikasi bo‘yicha yetuk mutaxassislarni tayyorlamoqda. Bu tashabbus SIUTni muhandislik ta’limining yetakchi markaziga aylantirib, zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga samarali joriy etishga xizmat qilmoqda. Talabalarning bilim va tajribaga asoslangan bu sa’y-harakatlari kelajakda ulkan yutuqlar sari yo‘l ochishiga ishonamiz!