Skip to main content

SIUT talabasi parasuzish bo‘yicha O‘zbekiston chempioni

2024-yilning 22-25-noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan Parasuzish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada mamlakatning turli hududlaridan eng kuchli sportchilar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ushbu nufuzli musobaqada Samarqand xalqaro texnologiya universiteti talabasi va SIUT IRBIS sport klubining faol a’zosi Abdumurod Axmatov musobaqa davomida o‘zining yuqori tayyorgarligi, qat’iyatliligi va intiluvchanligi bilan raqobatchilar orasida ajralib turdi. U o‘z mahoratini ikki asosiy masofalarda: 400 metr (erkin suzish) va 100 metr (“butterfly” uslubida suzish) namoyon etib, har ikkisida ham faxrli birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

sport 2

SIUT IRBIS sport klubi talabalarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularning milliy hamda xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Abdumurodning ushbu yutuqlari uning tengdoshlariga ilhom baxsh etib, inklyuziv ta’lim va sportning ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

sport 3

SIUT talabalarining muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadi va ularni nafaqat ta’lim sohasida, balki sport maydonlarida ham yangi cho‘qqilarni zabt etishda qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi. Shu o‘rinda universitet jamoasi ham Abdumurod Axmatovni mazkur g‘alabasi bilan samimiy tabriklaydi hamda uning kelajakdagi o‘qish hamda sportdagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi! Ishonchimiz komilki, Abdumurodning bugungi g‘alabasi — bu SIUT yoshlari erishayotgan ulkan yutuqlarning boshlanishidir!