Skip to main content

SIUT talabasi WRPF Yevrosiyo ochiq kubogida ikkita oltin medalga sazovor bo‘ldi

2024-yilning 6-8-dekabr kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida WRPF tashkiloti tomonidan paurlifting sport turi bo‘yicha Yevrosiyo ochiq kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, O‘zbekiston va mezbon davlat Qirg‘izistondan 200 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi. Vatanimiz sharafini himoya qilgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U20-U23) tarkibida SIUTning “Tadbirkorlik va menejment” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi, SIUT IRBIS sport klubi a’zosi Amirjon Obidov ushbu musobaqada ajoyib natijalar qayd etib, ikki yo‘nalishda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

powerlifting 1

Amirjon o‘z vazni (82,5 kg) toifasida raqiblari bilan bellashib, dast ko‘tarish hamda siltab ko‘tarish kabi ikki asosiy yo‘nalishda ishtirok etdi. Musobaqada eng yaxshi natijalarni qayd etgan talabamiz, har ikki yo‘nalishda ham o‘z mahoratini namoyon qilib, ikkita oltin medal sohibiga aylandi hamda 40 va 52,5 balli natija bilan O‘zbekiston terma jamoasiga muhim 32 ochkoni olib keldi. 

SIUT IRBIS sport klubi talabalarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularning milliy va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Amirjonning ushbu yutuqlari uning tengdoshlariga ilhom baxsh etib, ta’lim va sport uyg‘unligining ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

powerlifting 2

Amirjonning murabbiyi Timur Beglaryan bilan olib borgan jiddiy mashg‘ulotlari va musobaqaga tayyorgarligi bu g‘alabalarda muhim rol o‘ynadi.

“Amirjon o‘zining fidoyiligi va g‘alabaga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqi bilan ajoyib natijaga erishdi. Musobaqaga tayyorgarlik jarayonida yuqori darajadagi konsentratsiya va jismoniy bardoshlilik talab etilgan edi va Amirjon bu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Uning bu kabi yutuqlari nafaqat yosh sportchilarni ruhlantiradi, balki ularga haqiqiy namuna bo‘lib xizmat qiladi,” — dedi Timur Beglaryan.

SIUT talabalarining nufuzli xalqaro musobaqalarda qatnashib, O‘zbekiston nomini dunyo sport maydonlarida yuksaltirayotgan muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadi va ularni nafaqat ta’lim sohasida, balki sport maydonlarida ham yangi cho‘qqilarni zabt etishda qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi. Shu o‘rinda universitet jamoasi ham Amirjon Obidovni mazkur g‘alabasi bilan samimiy tabriklaydi hamda uning kelajakdagi o‘qish hamda sportdagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi! Ushbu muvaffaqiyat SIUT talabalarining yangi cho‘qqilarni zabt etishdagi intilishlarini yana bir bor namoyon etdi.