Talabalar OnePetro – neft-gaz sohasidagi yirik ilmiy jurnallar bazasiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar
SIUT kutubxonasi xodimlari tashabbusi bilan talabalar va tadqiqotchilar uchun noyob imkoniyat yaratildi: endi neft va gaz sohasidagi yetakchi elektron — OnePetro platformasidan foydalanish imkoniyati taqdim etilmoqda. Ushbu tashabbus ta’lim sifatini oshirish va talabalar bilimlarini kengaytirishga qaratilgan navbatdagi muhim qadamdir.

OnePetro — bu muhandislik sohasiga oid texnik adabiyotlarning yetakchi elektron platformasi bölib, foydalanuvchilarga mutaxassisliklari bo‘yicha dolzarb ma’lumotlarga ega bölish imkonini beradi. 23 ta hamkor-nashriyot tashkilotining hissasi tufayli OnePetro.org platformasi 1,3 milliondan ortiq hujjatlarni qamrab olgan va foydalanuvchilar uchun qulay qidiruv funksiyasi taqdim etilgan. Ushbu resurs neft va gaz sohasidagi razvedka, qazib olish va boshqa jarayonlarni o‘rganishda ishonchli manba hisoblanadi. Ayniqsa, texnik yechimlarni ishlab chiqishda boshqa sohalardan olingan tajribalarni qo‘llash imkonini beruvchi maqolalar katta ahamiyatga ega. Universitet kompyuterlaridan kutubxona tarmog‘i orqali IP manzili yordamida tizimga login va parolsiz kiriladi. OnePetro platformasi orqali jurnallar, ilmiy maqolalar, konferensiya materiallari va texnik hisobotlardan foydalanishlari mumkin.
OnePetro kutubxonasi quyidagi mashhur jurnallarni o‘z ichiga oladi:
- International Journal of Offshore and Polar Engineering;
- Journal of Petroleum Technology;
- Journal of Sailing Technology;
- Journal of Ship Production and Design;
- Journal of Ship Research;
- Oil Industry Journal;
- Petrophysics;
- Professional Safety;
- PROneft Journal;
- SPE Journal;
- Journal of Canadian Petroleum Technology;
- Marine Technology and SNAME News;
- Oil & Gas Executive Report;
- Petroleum Technology;
- SPE Drilling & Completion;
- SPE Economics & Management;
- SPE Reservoir Evaluation & Engineering va boshqalar.
Elektron kutubxonadan foydalanish uchun OnePetro.org saytiga kirish kifoya.