Abituriyentlar uchun ajoyib yangilik!
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2023-yil bahorgi semestr uchun bakalavriat ta’lim yoʻnalishida qabul boshlanganini e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoniga (49-maqsad: “Xorijiy davlatlarning yetakchi texnika universiteti bilan birgalikda Samarqand texnologiya universitetini tashkil etish”ga ) muvofiq barpo etilgan Samarqand xalqaro texnologiya universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 036721-sonli litsenziya asosida faoliyat olib boradi.
2023-yil bahorgi semestriga bakalavriat yo‘nalishida to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun jami 50 ta kvota ajratilgan.
Universitetda ta’lim ingliz tilida olib boriladi.
Talabalikka qabul qilish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
- Tadbirkorlik va menejment - 25 o‘rin;
- Axborot texnologiyalari - 25 o‘rin.
Kirish imtihonlarining o'tkazilish tartibi:
- Matematika fani (Maktab o'quv dasturi asosida)
- Ingliz tili. (Suhbat)
Universitetda imtihonlar xorijlik professor-o'qituvchilar tomonidan o'tkaziladi.
Eslatma: Hujjat qabul qilish muddati 2023-yilning 10-yanvariga qadar uzaytirildi. Kirish imtihonlari 2023-yilning 16-20-yanvar kunlari o‘tkaziladi.
Darslar 2023-yil 1-fevraldan boshlanadi.
O‘qish muddati – 4 yil.
2023-yilning sentabr oyiga qadar yangi universitet kampusi qurib bitkazilishi rejalashtirilgan va boshqa shaharlardan kelgan talabalar yotoqxona bilan taʼminlanadi.
Quyidagi hujjatlarning elektron shakldagi nusxalari 2023- yilning 10-yanvargacha siut.uz/ru.request.html sayti orqali abituriyentlardan qabul qilinadi:
- pasport nusxasi (roʻyxatdan oʻtgan joyi koʻrsatilgan holda) PDF formatida;
- o‘rta yoki o’rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (PDF formatidagi attestat yoki diplom);
- fotosurat 3,5x4,5 (JPEG formatida).
Universitetning afzallik tomonlari:
- jahonning yetakchi universitetlari modeliga muvofiq jahon standartlariga javob beradigan muhandis kadrlar tayyorlash;
- universitetda dars beruvchi professor-o‘qituvchilar tarkibiga AQSh, Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliyadagi yetakchi o‘quv muassasalari va ilmiy markazlarning tajribali xorijiy professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari va trenerlari kiritilganligi;
- yetakchi xorijiy texnika universitetlarning pedagogik tajribasiga asoslangan o‘quv jarayoni, o‘quv rejalari, ta’lim dasturlaridan foydalanish;
- universitetning betakror ishlab chiqarish bazasi, O’zbekistondagi yetakchi sanoat korxonalarida amaliyot o‘tash imkoniyati;
- nufuzli xorijiy universitetlardagi kabi “Double degree” va “Double diploma” diplomini olish imkoniyati mavjudligi.
ESLATMA:
Shartnomada belgilangan to'lov summasini qismlarga bo'lib to'lash imkoniyati mavjud.
Universitetimiz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: https://t.me/siut_uz
Facebook: https://www.facebook.com/siut.uz
Instagram: https://www.instagram.com/siut.uz/
+99855 705-50-05, +998 97 575-48-29
Manzil: Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 270-uy (mo‘ljal: Viloyat Davlat avtomobil inspektsiyasi qarshisida).