Skip to main content

SIUT uch yilligini tantanali nishonladi

Joriy yilning 8-fevral kuni “Silk Road Samarkand” turistik markazining “Boqiy shahar” majmuasi bayramona muhit kasb etdi. Bu yerda Samarqand xalqaro texnologiya universiteti tashkil etilganligining uch yillik bayrami nishonlandi. Tantana universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talabalari va ularning ota-onalari, faxriy mehmonlarni, xususan, davlat va xususiy tashkilotlar vakillari, ilm-fan hamda ta’lim sohalari mutaxassislari va OAV vakillarini bir joyga jamladi.

1 3A 2

Ma’lumot uchun: 2023-yilda VI Makon Marketing Forum Xalqaro biznes forumining “Taʼlim” yo‘nalishi bo‘yicha “Yil brendi” deb tan olingan SIUT 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga binoan tashkil etilgan edi. Ushbu hujjatning 49-maqsadiga muvofiq, “xorijiy davlatlarning yetakchi texnika oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda Samarqand texnologiya universitetini tashkil etish” rejalashtirilgan edi.

Tadbir SIUT rektori, professor Yusuf Abdullayevning nutqi bilan boshlandi. U universitetning uch yil davomida erishgan yutuqlari va kelajakdagi strategik rejalari haqida gapirdi.

“Uch yil – bu biz tanlagan buyuk yo‘l debochasidir! Darhaqiqat, biz o‘z oldimizga yangi maqsadlarni qo‘yib, ularga tomon intilishdan bir lahza ham to‘xtamaymiz. Yangi avlod muhandis va texnologlarini tarbiyalashga mahkam kirishganmiz, bel bog‘laganmiz!” — dedi o‘z nutqida professor Yusuf Abdullayev.

3 3A 5

Top

Rektor yig‘ilganlarga universitet iftixori sanaluvchi, ta’lim jarayonida  yuqori natijalarni qayd etgan 11 nafar eng iqtidorli talabani tanishtirib, ularga universitet tashakkurnomasi yozilgan sertifikatlarni tantanali suratda topshirdi.

“Ko‘rib turganingizdek, ularning deyarli yarmini qizlarimiz tashkil etadi, bu esa muhandislik sohasida gender tengligi ta’minlanayotganining yana bir dalilidir”, – deya ta’kidladi rektor.

3A 6

3A 7

3A 10

3A 12

3A 13

3A 912

3A 9

Tadbir davomida davlat tashkilotlari, ilmiy jamoatchilik va biznes vakillari SIUT jamoasini unutilmas muhim sana bilan tabrikladilar. Xususan, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Nozir Ibragimov, Jomboy tumani hokimi Qayum Sobirov, Kompaniyalar guruhi birlashgan kasaba uyushmasi raisi Alim Yusupov, ta’lim va fan sohasidagi kasaba uyushmalari qo‘mitasi raisi Mahmud Boboyorov va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha uning o‘rinbosari Jamil Yaratov, “Veteran” respublika jamiyati raisi – Tal’at Murodovlar so‘zga chiqdilar.

3A 8

Shuningdek, “Eriell” kompaniyalar Guruhining “O‘rta Osiyo” biznes birligi rahbari Bahrombek Ismailov SIUT Vasiylik kengashi raisi Baxtiyor Fazilov tomonidan universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalariga yo‘llangan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi:

“Oliy taʼlim muassasasidagi o‘quv jarayoni taʼlim, ishlab chiqarish amaliyoti va ilmiy-tadqiqot ishlarining uyg‘unligini namoyon qilishi quvonarli holdir. Bularning barchasi universitet talabalarining O‘zbekistonning yetakchi sanoat korporatsiyalari tomonidan keng talab qilinishiga xizmat qiladi. Chin dildan umid qilamanki, eng zamonaviy jahon standartlari asosida qurilayotgan yangi kampusga ko‘chib o‘tish yaqin kelajakda amalga oshiriladi”, — deyiladi tabriknomada.

3A 14

3A 211

SIUTning xalqaro hamkorlari ham universitetning uch yilligi munosabati bilan o‘zlarining video-tabrik va qutlovlarini yubordilar. Jumladan, Global Ta’lim Konsorsiumi prezidenti Carolyn Bishop (AQSh), Shimoliy-Sharqiy energetika universiteti prezidenti - Cai Guowei (Xitoy), Hankuk xalqaro tillar universiteti prezidenti - Jeong-Woon Park (Koreya Respublikasi), Xalqaro choy madaniyati jamg‘armasi rahbari Wang Xufeng (Xitoy), Tianjin fan va texnologiyalar universitetining xalqaro almashinuv departamenti direktori Wu Zhenjun (Xitoy), San-Diego davlat universitetining “Jurnalistika va Media Tadqiqotlari” fakulteti professori Temple Northup (AQSh) hamda Interaktiv robotlar va media laboratoriyasining asoschisi va direktori, dunyoda Arab tilida so‘zlashuvchi “Ibn Sino” nomli birinchi robot ixtirochisi – Nicolaos Mavridislar SIUT jamoasiga eng ezgu tilaklarini bildirdilar. Bundan tashqari, SIUT 3 yilligi munosabati bilan taniqli bastakor maestro Andrea Talmelli (Italiya) va turli xalqaro musiqa tanlovlari g‘olibi Tatyana Svitova (Rossiya) musiqiy tabriklarini yo‘lladilar.

3A 15

Tantanaga alohida ko‘tarinki kayfiyat baxsh etgan badiiy konsert dasturi Samarqand viloyati musiqali drama teatri aktyori Baxtiyor Rahimovning chiqishi bilan boshlandi. U tomoshabinlar hayratiga sabab bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek monologini ijro etdi. 

3A 20

Elimizning suyukli shoirasi, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, “Mehnat shuhrati” va “El-yurt hurmati” ordenlari, “Shuhrat” medali sohibasi, xalq ta’limi a’lochisi, birinchi darajali mehnat faxriysi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, SIUT professori Xosiyat Bobomurodova o‘zining “Muhandislar kerak O‘zbekistonga” nomli yangi she’rini o‘qib berdi.

3A 17

3A 19

3A 22

Tadbir davomida SIUTning “Oltin Meros” talabalar teatr-studiyasi ishtirokchilari yig‘ilganlar ko‘nglini jozibali raqslari bilan xushnud etdi. Tadbir dasturi xushovoz xonanda, universitetning ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Zulfiya Rashidova tomonidan ijro etilgan betakror kuy va qo‘shiqlar bilan yanada fayzli bo‘ldi. 

3A 16

SIUTning 3 yillik yubileyi doirasida universitetda tashkil etilgan “Iqtidorli yoshlar tanlovi” g‘olibi, “Xalqaro logistika” yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Sardor Tagiyev tomonidan ijro etilgan Frenk Sinatraning “My Way” qo‘shig‘i tantanali tadbir ishtirokchilarida unutilmas taassurot qoldirdi hamda yig‘ilganlarning e’tirofiga sabab bo‘ldi. 

talents

3A 18

Shuningdek, tadbir davomida SIUT go‘zallari O‘zbekiston madaniy merosi elchisi, xalqaro ko‘rgazmalar laureati, “Shuhrat” medali sohibasi, Temuriylar davri qo‘l mehnatida yaratilgan liboslar texnikasi restavratori va samarqandlik taniqli liboslar dizayneri Hamida Inoyatovaning mualliflik kolleksiyasini namoyish etdilar. 

3A 21

Dastur avj pallasida universitet professor-o‘qituvchilarining jajji farzandlari va talabalari ijrosidagi betakror valsi, shuningdek, jo‘shqin va shiddatli “Cha-cha-cha” raqs uslubidagi chiqishlari bayram qatnashchilarining yuksak e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

3A 100

3A 24

Tadbir universitet iftixori ramziga aylangan SIUT madhiyasi ijrosi bilan yakuniga yetdi.

3A 25

3A 26

SIUTning 3 yillik bayram tadbiri ilm-fan hamda ijodkorlik tantanasining haqiqiy timsoliga aylandi.

Bugungi kunda SIUT jadal rivojlanayotgan akademik markaz bo‘lib, uning faoliyati zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amalda joriy etish va mamlakatning texnologik taraqqiyotiga hissa qo‘shishga qodir yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan. Samarqand xalqaro texnologiya universiteti keng qamrovli muhandislarni tayyorlashni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lib, bu yo‘lda dunyoning 18 mamlakatidan 50 dan ortiq malakali xorijiy professor va o‘qituvchilar jalb etilgan.

Universitet ilg‘or taʼlim xizmatlari bozorida tobora faol o‘rin egallayotgani natijasida “Yosh ziyokor” uyushmasi tomonidan eʼlon qilingan reytingda O‘zbekistondagi 76 ta nodavlat oliy taʼlim muassasasi orasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2023-2024-yillarda universitet Scienceweb maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalarining milliy ilmiy tadqiqot maʼlumotlar bazasida doimiy ravishda eng yaxshi uchtalikka kirib kelmoqda. Tanlov mezonlari olimlarning o‘rtacha Hirsh indeksi, ularning xalqaro jurnallarda chop etilgan va Scopus, Web of Science va Google Scholar kabi global maʼlumotlar bazalarida indekslangan maqolalariga havolalar soni bilan belgilanadi. InnoWeek-2023 doirasida o‘tkazilgan tadbirda SIUT “Ijodiy taʼlim va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining innovatsion poydevorini yaratishga qo‘shgan hissasi uchun” sertifikat bilan taqdirlandi. 2024-yilda o‘tkazilgan “Science & Innovation” xalqaro ilmiy festivalida SIUT respublikaning eng yaxshi uchta nodavlat universitetlari qatoriga kirdi.