Skip to main content

SIUT “WORLD EDU 2025” xalqaro ko‘rgazmasida o‘z ta’lim imkoniyatlarini taqdim etdi

2025-yil 11–12-aprel kunlari Samarqand shahridagi “SOF EXPO SAMARKAND” ko‘rgazmalar majmuasida har yili o‘tkaziladigan xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi — WORLD EDU 2025 bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalarini bir joyda jamladi. Ko‘rgazma nafaqat zamonaviy ta’lim dasturlarini taqdim etish, balki xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda abituriyentlarga maslahatlar berish uchun samarali platformaga aylandi.

world edu 9

Xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekistondan tashqari, Yevropa mamlakatlari, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Turkiya, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari, jumladan, Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya, Indoneziya va boshqa mamlakatlarning nufuzli universitetlari ishtirok etdi. Har yili ko‘rgazma ishtirokchilarining soni o‘sib bormoqda, bu esa butunjahon akademik hamjamiyatining mintaqadagi ta’lim salohiyatiga qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi va abituriyentlar uchun kelajakdagi oliygohini tanlashda yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratmoqda.

world edu 2

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti ko‘rgazmada o‘zining muhandislik va IT-ta’limi sohalaridagi yondashuvlarini taqdim etdi, xalqaro salohiyati va innovatsion akademik konsepsiyasini namoyish qildi.

world edu 5

SIUT stendida muhandislik, axborot texnologiyalari, issiqlik energetikasi va muqobil “yashil” energetika, xalqaro logistika, raqamli iqtisodiyot, menejment va dizayn kabi yo‘nalishlardagi ta’lim dasturlari namoyish etildi. Ayniqsa, Fransiyaning yetakchi muhandislik universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan French Higher School of Engineering - Fransuz oliy muhandislik maktabi (instituti) loyihasi katta qiziqish uyg‘otdi. Mazkur institutning ochilishi SIUT va “Frankofoniya” tashkiloti rahbariyati o‘rtasida 2025-yil mart oyida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Nitsa shahrida imzolangan kelishuvlar asosida amalga oshmoqda.

world edu 14

Ko‘rgazma mehmonlariga SIUTdagi ko‘p tilli ta’lim muhiti haqida ham to‘liq ma’lumot berildi: universitetda o‘quv jarayoni ingliz, xitoy va koreys tillarida olib boriladi. Fransuz oliy muhandislik maktabi (instituti)ning ochilishi bilan birga, ta’lim jarayoniga fransuz tilida o‘qitish ham joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Universitet AQSh, Fransiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Hindiston universitetlari bilan faol hamkorlik olib borib, talabalar uchun nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

world edu 15

world edu 4

world edu 16

SIUT xorijiy professor-o‘qituvchilar yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi. Abituriyentlar va ularning ota-onalariga universitetga qabul qilish talablari, mavjud grantlar, akademik mobillik imkoniyatlari hamda dual ta’lim tizimi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Dual ta’lim tizimi orqali talabalar nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, universitetning mahalliy va xalqaro hamkorlikdagi ishlab chiqarish korxonalarida tajriba orttirish imkoniga ega bo‘ladilar. Ko‘rgazma ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutaxassislardan javob olish imkoniyatini yuqori baholashdi.

SIUT uchun WORLD EDU 2025 nafaqat o‘zining ta’lim dasturlarini keng jamiyatga tanishtirish, balki xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish, yangi hamkorlar bilan istiqbolli aloqalarni muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.

world edu 10

“SIUT — bu texnologiyalar va bilimlar uyg‘unlashgan ta’lim maskani. Bu yerda yoshlar nafaqat kasb tanlaydilar, balki kelajaklarini quradilar”, — deya ta’kidladi Koreya texnologiyalar va madaniyat instituti (KITC) huzuridagi koreys tili va madaniyati markazi direktori professor Kim In Tae.

world edu 8

2025/2026-o‘quv yili uchun SIUT bakalavriat yo‘nalishlariga hujjatlar qabul qilinmoqda:

French Higher School of Engineering

    • Geological Engineering – Geologiya muhandislik (25 o‘rin);
    • Mining – Konchilik ishi (25 o‘rin);
    • Petroleum Engineering – Neft va gaz muhandisligi (25 o‘rin);
    • Chemical Engineering – Kimyo muhandisligi (25 o‘rin).

School of Computing

    • Artificial Intelligence – Sun’iy intellekt (25 o‘rin);
    • Cyber Security – Kiberxavfsizlik (25 o‘rin).

Business School

    • Entrepreneurship and Management – Tadbirkorlik va menejment (25 o‘rin);
    • International Logistics – Xalqaro logistika (25 o‘rin).

Chinese Institute of Electric Power (CIEP)

    • Energy and Power Engineering – Issiqlik energetikasi (30 o‘rin).

Korean Institute of Technology and Culture (KITC)

    • Renewable Energy – Qayta tiklanuvchi energiya (20 o‘rin);
    • Design – Dizayn (30 o‘rin);
    • Digital Economy – Raqamli iqtisodiyot (20 o‘rin).

KITC va CIEP institutlarida 3+1 va 2+2 tizimlari asosida ta’lim olib, Janubiy Koreya va Xitoyda o‘qishni davom ettirish imkoniyati mavjud.

Hujjat topshirish tartibi:

Hujjatlar qabuli onlayn tarzda yoki Qabul ofisimizda joriy yilning 15-iyuliga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan oʻtish uchun Siz quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak:

  • pasport nusxasi (yashash joyi qayd etilgan sahifasi bilan) yoki ID karta nusxasi (PDF formatda);
  • oʻrta yoki oʻrta maxsus ma’lumotga egaligi toʻgʻrisidagi hujjatning (attestat yoki diplomning) skaner qilingan shakli (PDF formatda);
  • JPG formatdagi 3,5 ga 4,5 cm shakldagi fotosurat;
  • Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud boʻlsa);
  • SAT sertifikati (agar mavjud boʻlsa).

Hali bitiruv sinfda oʻqiyotgan oʻquvchilar tahsil olayotgan oʻqish joylaridan berilgan tegishli ma’lumotnomani attestat oʻrniga taqdim etishlari mumkin. Ular maktabni tugatganlaridan keyin attestatlarini qabul komissiyasiga taqdim etishlari talab etiladi.

Qabul shartlari bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: Abituriyentlar uchun.