Skip to main content

Ilhom, kreativlik va innovatsiyalar: SIUTda KITC talabalarining an’anaviy yutuqlar festivali bo‘lib o‘tdi

Yakuniy imtihonlar arafasida Samarqand xalqaro texnologiya universitetida Koreya texnologiyasi va madaniyati instituti (KITC) talabalarining yutuqlar festivali bo‘lib o‘tdi. An’anaga aylangan ushbu tadbir kreativ g‘oyalar, yorqin loyihalar va ilhom baxsh etuvchi taqdimotlar tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar qoldirdi.

achievments fest 2

O‘tgan yillardagi kabi, bu yilgi festival ham SIUT talabalari salohiyatining yorqin va ko‘p qirrali namoyonini ko‘rsatdi. Biroq, bu safar tadbir ko‘lami yanada kengayib, taqdim etilgan loyihalar yanada mukammalligi va ijodiy yondashuvi bilan ajralib turdi.

Ayniqsa, “Dizayn” yo‘nalishining rang-barang ekspozitsiyalari alohida e’tiborni qozondi. “Raqamli iqtisodiyot” va “Qayta tiklanuvchi energiya” yo‘nalishlaridagi dolzarb taqdimotlar barchaga birdek manzur bo‘ldi desak yanglishmaymiz.

achievments fest 7

achievments fest 8

achievments fest 9

achievments fest 1

“Raqamli iqtisodiyot” va “Qayta tiklanuvchi energiya” yo‘nalishlari ham mazmunli taqdimotlari bilan tadbirga alohida ruh bag‘ishladi. Talabalar o‘z chiqishlarida respublika va global miqyosda sohaning rivojlanish istiqbollari, raqamli transformatsiyaning dolzarb muammolari, barqaror taraqqiyot yo‘nalishlari va “yashil” energetika sohasidagi asosiy tendensiyalar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

achievments fest 4

achievments fest 5

achievments fest 10

E’tiborga molik jihatlardan yana biri shuki, bu yilgi festivalda “Business School” talabalari ham faol ishtirok etdilar. Ular o‘zlarining kreativ biznes loyihalarini taqdim etib, tadbirkorlik g‘oyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdagi puxta va chuqur yondashuvlarini namoyon qildilar.

Talabalar yutuqlari festivali SIUT hayotiga yangicha ruh va imkoniyat olib kirib, yoshlarga o‘z g‘oyalarini omma oldida namoyish etish, tajriba almashish va o‘z kasbiy mahoratini mustahkamlash uchun noyob maydon yaratmoqda. Bunday tadbirlar talabalarning ijodiy fikrini charxlab, ularning professional o‘sishiga turtki beradi hamda zamonaviy rivojlanish talablarini teran anglashlariga yordam beradi.