Skip to main content

“SIUT Irbis” basketbol jamoasi “Victory Cup 2025” musobaqasi g‘oliblari safida

Joriy yilning 4-may kuni poytaxtimizdagi Toshkent davlat transport universitetida “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Victory Cup 2025” respublika turniri yuqori darajadagi raqobat, sport shukuhi va jamoaviylik muhiti bilan yodda qoldi.

Musobaqada ikki yosh (18+ va 35+) toifasida jami 17 ta jamoa ishtirok etdi. Bahslar basketbolning 3x3 formatida o‘tkazilib, o‘yinlar shiddatli va hayajonli tus oldi. Har bir uchrashuvda jamoalar g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etib, tomoshabinlarga haqiqiy raqobat muhitini namoyish etdilar.

vc2025 4

play off

Ushbu musobaqada “SIUT Irbis” basketbol jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Universitet nomidan qatnashgan jamoadoshlarimiz yuksak sport mahorati, strategik fikrlash va jamoaviy o‘yin madaniyatini namoyon etib, faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

“Har bir o‘yin — bu sabr, iroda va aniqlik sinovi bo‘ldi. Bizning yigitlar musobaqa davomida professional darajada harakat qilib, kuchli raqiblar fonida o‘z o‘rnini isbotladi,” — deya ta’kidladi basketbol jamoamizning sardori Alisher Abdullayev.

vc2025 1

“SIUT Irbis” basketbol jamoasining ushbu yutug‘i universitetda sog‘lom turmush tarzi, sport bilan muntazam shug‘ullanish va jamoaviy rivojlanish madaniyati yo‘lga qo‘yilganini yana bir bor tasdiqlaydi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Cup

vc2025 3

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar medal va kuboklar bilan taqdirlandi. Quvonarli jihati shundaki, SIUT “Irbis” 3x3 basketbol jamoasining sardori Alisher Abdullayev turnirning eng yaxshi besh basketbolchisi qatoridan joy oldi va ushbu yutuqi uchun maxsus kubok bilan taqdirlandi.

Bu yutuq — faqat boshlanishi, oldinda ulkan marralar kutmoqda. “SIUT Irbis” jamoasiga kelgusi musobaqalarda ham yanada katta zafarlar tilaymiz!