Skip to main content

SIUT va Koreya politexnika universitetining Sonnam kampusi o‘rtasida strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

2025-yilning 13-may kuni Koreya politexnika universitetining Sonnam kampusi delegatsiyasi Samarqand xalqaro texnologiya universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlar SIUT faoliyati, ta’lim dasturlari hamda ilmiy-texnik yo‘nalishlardagi xalqaro aloqalari bilan yaqindan tanishdilar. Rasmiy uchrashuv yakunida esa tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladilar. Mazkur hamkorlik memorandumi ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik, tadqiqot va texnologik hamkorlikni izchil rivojlantirish yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri sifatida e’tirof etildi.

kr polytechnics 1

Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda kelishib oldilar. Jumladan:

    • Talabalar almashinuvi va o‘qilgan kreditlarni o‘zaro tan olish;
    • Professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning almashinuvi hamda qo‘shma ilmiy faoliyat;
    • Qisqa muddatli o‘quv kurslari va til ta’limi bo‘yicha qo‘shma dasturlar;
    • Ilmiy resurslar va nashrlar bilan almashuv;
    • Fan va texnologiya sohalarida hamkorlikdagi tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish;
    • Xalqaro talabalarni jalb etish, ularga metodik va tashkiliy jihatdan ko‘mak berish.

kr polytechnics 2

Mazkur kelishuv haqida fikr bildirar ekan, KITC dekani, professor Sungdon Hwang quyidagilarni ta’kidladi:

“Ushbu memorandum SIUT uchun Koreyaning ilg‘or texnik ta’lim tajribasi bilan yaqindan tanishish hamda uni amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi. Ishonchim komilki, bu hamkorlik ikki universitetning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshiradi.”

kr polytechnics 3

kr polytechnics 4

kr polytechnics 5

Ma’lumot uchun: Koreya politexnika universiteti (Korea Polytechnics) — bu Koreya Respublikasidagi yirik davlat kasbiy-ta’lim tarmog‘i bo‘lib, u mamlakat bo‘ylab 30 dan ortiq kampuslarni o‘z ichiga oladi. Sonnam kampusi esa ushbu tarmoqning yetakchi bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. U zamonaviy texnologiyalar, muhandislik, avtomatlashtirish, axborot texnologiyalari va boshqa sohalar bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘lib, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim orqali sanoat uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlaydi.