Skip to main content

“SIUT IRBIS” basketbol jamoasi FIBA 3x3 Samarkand basketbol chempionatida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

2025-yilning 28-iyun kuni O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining sport majmuasida Samarqand viloyat basketbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan FIBA 3x3 basketbol turi bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi.

FIBA 2

FIBA 1

Musobaqada O‘zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan 18+ yosh toifasidagi 12 ta jamoalari o‘zaro bellashib, yuqori sport mahoratini namoyish etdilar.

Mazkur turnirda Samarqand xalqaro texnologiya universiteti sharafini himoya qilgan “SIUT IRBIS” jamoasi ham ishtirok etib, 18+ toifasida uchinchi o‘rinni egallab, bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

FIBA 3

FIBA 5

Universitet jamoasi sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyati bilan chin yurakdan tabriklab va kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!