Skip to main content

Sport, gʻayrat va gʻalaba: SIUT basketbolchilari “Mahalla ligasi” chempionlari

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti xodimlaridan tashkil topgan basketbol jamoasi “Mahalla ligasi” sport musobaqalarining viloyat bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

mahalla league 4

mahalla league 3

Aholining barcha qatlamlari orasida sport va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida, Samarqand shahridagi Olimpiya va paralimpiya sportchilarini tayyorlash markazi uch bosqichli “Mahalla ligasi” musobaqalarining viloyat bosqichiga mezbonlik qildi. Ushbu tadbir “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 30 yoshdan yuqori boʻlgan fuqarolar oʻrtasida tashkil etildi. Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi, Sport vazirligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar koʻmagida tashkil etilgan ushbu musobaqada mini-futbol, voleybol, stol tennisi, 3x3 stritbol, vorkaut, shaxmat va shashka boʻyicha eng sara jamoalar va sportchilar gʻoliblik uchun oʻzaro bahs olib borishdi.

mahalla league 2

Ana shunday keskin va hayajonli bahslarda SIUT basketbolchilari “3x3 stritbol” yo‘nalishida o‘zining yuqori darajadagi tayyorgarligi, bir jamoa sifatidagi uyg‘unligi va qat’iyati bilan ajralib turdi. Har bir o‘yin bosqichma-bosqich ishonch bilan yengib o‘tildi va yakunda jamoamiz chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba SIUT jamoasining sportga, sog‘lom turmush tarziga va doimiy yuksalishga bo‘lgan sadoqatining yorqin tasdig‘idir.

mahalla league 5

Quvonarlisi, ushbu muvaffaqiyat SIUT basketbolchilariga endilikda respublika bosqichida Samarqand viloyati sharafini himoya qilish imkonini berdi. Bu esa jamoamiz oldida yanada katta mas’uliyat, yangi marralar va ulkan yutuqlar sari yo‘l ochadi.

SIUT jamoasi basketbolchilarimizni ushbu yorqin g‘alaba bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi musobaqalarda ham ularga kuch-g‘ayrat, omad va yangi zafarlar tilaydi!