Yangi o‘quv yili — yangi kampusda
Joriy yilning 3-sentabrdan e’tiboran Samarqand xalqaro texnologiya universiteti faoliyatini yangi zamonaviy kampusda davom ettiradi. Yangi o‘quv dargohi nafaqat ta’lim jarayonlari, balki ilmiy izlanishlar, tashabbuslar va talabalik hayotining barcha jabhalari uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, kampus hududida “American International School” (AIS) xususiy maktabi va “Sam IT Global” o‘quv markazi faoliyat yuritadi. 2024-yil oktyabrida SIUT va Sam IT Global o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida esa ushbu maskan yagona ta’limiy ekotizim — “maktab – markaz – universitet” modeli bo‘yicha rivojlantirilmoqda.


Yangi kampus zamonaviy ta’lim standartlari asosida barpo etilgan bo‘lib, talabalar uchun o‘quv, ilmiy-tadqiqot va darsdan tashqari faoliyatlarni birlashtiruvchi sharoitlarni taqdim etadi. Kampus quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- keng va zamonaviy auditoriyalar hamda laboratoriyalar;
- individual va jamoaviy ishlash uchun co-working zonalari;
- xalqaro ilmiy va ijtimoiy tadbirlar uchun mo‘ljallangan konferensiya zali;
- barcha qulayliklarga ega talabalar turar joyi;
- axborot resurs markazi;
- sport maydonchalari va sog‘lom turmush uchun sharoitlar;
- dam olish maskanlari va talabalik hayoti uchun boshqa zarur infratuzilmalar.





Yangi kampus o‘quv mashg‘ulotlari bilan bir qatorda ilmiy izlanishlar, ijodiy tashabbuslar va sport faoliyatlari uchun keng imkoniyat yaratadi. Shu tariqa SIUT nafaqat universitet, balki ilm-fan, innovatsiya va ijodiy g‘oyalar jamlangan zamonaviy markaz sifatida o‘z mavqeini yanada oshirmoqda.
Manzil: Samarqand shahri, “Humo” MFY, Xo‘ja Gunjoish ko‘chasi, 128. Mo‘ljal: “Aravasozlar” bekati, “Sam IT Global” ta’lim markazi va “American International School” xususiy maktabi.