Skip to main content

Talabalar kengashi va Qizlar davrasi: tashabbusdan natijaga yangi marralar sari

SIUT yoshlar uchun nafaqat zamonaviy ta’lim, balki tashabbus va ijtimoiy faollik maktabi sifatida ham mustahkam o‘rin egallamoqda.Bu yerda talabalarning ovozi eshitiladi, fikrlari qadrlanadi va takliflari amaliyotda o‘z ifodasini topadi.

Talabalar Kengashi

Universitetda bundan 3 yil avval tashkil etilgan “Student Council” (Talabalar kengashi) bugun talabalarning asosiy minbariga aylangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Shu yillar davomida kengash o‘nlab tashabbuslarni ilgari surdi, turli loyihalarni amalga oshirdi, talabalar manfaatlarini ifoda etdi. Sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijtimoiy va ta’limiy loyihalar kengashning yutuqlarini belgilab berdi.

students 9

So‘nggi yig‘ilishda kengashning uch yillik faoliyati keng tahlil qilinib, yutuqlar sarhisob qilindi. Talabalar tomonidan bildirilgan takliflar universitet rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ularni amalga oshirish uchun professor-o‘qituvchilar biriktirildi. Shu tariqa talabalar tashabbuslari qog‘ozda emas, hayotda o‘z aksini topadigan tizim shakllandi.

students 6

Qizlar davrasi

O‘tgan yili faoliyat boshlagan “Qizlar davrasi” (Students girls club) klubi qisqa vaqt ichida samarali natijalarni ko‘rsatdi. Klub yosh qizlarning tashabbuslarini jamladi, ularning ijtimoiy va ma’naviy faolligini oshirdi. Seminarlar, uchrashuvlar va dolzarb mavzulardagi muhokamalar orqali qizlarning faolligi kengaydi.

students 3

students 7

Yig‘ilishda klubning bir yillik faoliyati sarhisob qilinib, yangi rejalar tuzildi. Talaba qizlarning tashabbuslari inobatga olinib, universitet rahbariyati tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish mexanizmlari ishlab chiqildi.

students 1

Mazkur yig‘ilishlarning eng muhim xulosalaridan biri — talabalar qiziqishlaridan kelib chiqib, turli kichik klublar faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Endilikda nafaqat yirik kengashlar, balki ixtisoslashgan to‘garak va kichik klublar orqali ham yoshlarning iste’dodi va qiziqishlari qo‘llab-quvvatlanadi. Bu esa universitet hayotini yanada boyitadi, talabalarni turli sohalarda faollikka chorlaydi.

Yig‘ilishlarda nafaqat hisobot berildi, balki kelgusiga aniq rejalar ham belgilandi. Oliygoh rahbariyati tomonidan va professor-o'qituvchilar talabalarga biriktirilib, tashabbuslarning amalga oshirilishi uchun zarur sharoit yaratilmoqda.

SIUT bugun o‘z talabalarini nafaqat bilim bilan, balki tashabbuskorlik, mas’uliyat va ijtimoiy faollik ruhida ham tarbiyalayapti.

Muxtasar qilib aytganda, talabalar tashabbusi – universitet kelajagi, yoshlarning yutug‘i esa  jamiyatimiz yutug‘idir.