Skip to main content

To‘lin oy ostida porlagan do‘stlik nuri: SIUTda O‘rta kuz festivali keng nishonlandi

Joriy yilning 6-oktabr kuni SIUTda an’anaviy O‘rta kuz festivali (Mid-Autumn Festival) keng nishonlandi. Bu qadimiy xitoy bayrami bugun xalqlarni birlashtiruvchi, madaniyatlarni yaqinlashtiruvchi timsolga aylangan.

Mazkur festival har yili CIEP tashabbusi bilan o‘tkazilib, universitet madaniy hayotining ajralmas qismiga aylangan. O‘rta kuz festivali oy taqvimi bo‘yicha sakkizinchi oyning o‘n beshinchi kunida nishonlanadi va oila birligi, minnatdorchilik hamda tabiat bilan uyg‘unlik ramzi sifatida qadrlanadi.

mid autumn fest 7

mid autumn fest 12

Bayramda Konfutsiy instituti vakillari, “Cambridge School” maktab o‘quvchilari hamda “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalari faxriy mehmon sifatida ishtirok etdilar.

Tadbirni CIEP dekani professor Li Xing Can va dekan o‘rinbosari professor Zhang Xu ochib berar ekan, ular to‘planganlarni ushbu qadimiy bayram bilan tabriklab, hamjihatlik, barqarorlik va bilim sari yuksalish yo‘lida ezgu tilaklarini bildirdilar.

mid autumn fest 1

mid autumn fest 17

Shuningdek, bayram mehmonlari orasida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti prorektori professor Zhou Tong Qian, Konfutsiy instituti direktori professor Xiang Wei hamda SIUTning madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori professor A’lamjon Ibragimovlar ham o‘z tabrik so‘zlarida ushbu bayramni xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va madaniy almashinuvning yorqin timsoli sifatida e’tirof etdilar.

mid autumn fest 2

mid autumn fest 3

mid autumn fest 5

mid autumn fest 9

mid autumn fest 6

mid autumn fest 10

mid autumn fest 11

Tadbir davomida mehmonlar xitoy san’ati va madaniyatining betakror jozibasi bilan tanishdilar. Qadimiy guchjen cholg‘usining sirli ohanglari, muxlisalar raqsi, taychzi san’ati va albatta oy piroglari hamda yangi mevalar bilan bezatilgan dasturxon barchaning ko‘nglidan joy oldi. Har bir ijodiy chiqish — Sharq falsafasining nafosati, uyg‘unlik va ichki sokinlikni aks ettirgan mahoratli sahna asariga aylandi.

mid autumn fest 8

mid autumn fest 13

mid autumn fest 14 1

SIUTda O‘rta kuz bayramining muntazam o‘tkazilishi — bu shunchaki madaniy tadbir emas, balki xalqaro do‘stlikni mustahkamlovchi, turli millat yoshlarini birlashtiruvchi ma’naviy ko‘prikdir.

mid autumn fest 15

Ta’bir joiz bo‘lsa, o‘sha kuni SIUT osmonida to‘lin oy charaqladi. Uning nuri ostida esa bir haqiqat yaqqol ko‘zga tashlandi — xalqaro do‘stlik, insoniy mehr va bir-biriga yaqin yuraklar o‘rtasida masofa yo‘q. Zero, qadimiy xitoy donishmandlari bejiz aytmagan: “Agar biz bitta Oyni tomosha qilsak — demak, biz bir-birimizga yaqinmiz”.