SIUTda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi
Samarqand xalqaro texnologiya universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ularni sportga keng jalb etish maqsadida “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur olimpiadaning birinchi bosqichi — guruhlararo saralash bellashuvlari — universitetning zamonaviy sport majmualarida qizg‘in va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi:
- Mini-futbol (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) — 4-oktyabr kuni SIUT Samarqand filiali ochiq sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Bosh hakam: P. Nazarov.
- Shashka (o‘g‘il-qizlar o‘rtasida) — 6–8-oktyabr kunlari SIUT yopiq sport majmuasida o‘tkazildi. Mas’ul bosh hakam: K. Laptev.
- Stritbol (o‘g‘il-qizlar o‘rtasida) — 3–10-oktyabr kunlari SIUT yopiq sport majmuasida o‘tkazildi. Bosh hakam: A. Abdullayev.
Bellashuvlar jarayonida talabalar o‘zlarining sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviylik ruhini namoyon etdilar. Har bir o‘yin muhitida do‘stona raqobat, hamjihatlik va universitet jamoasining birligi yaqqol sezildi.


“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi bunday musobaqalar nafaqat yoshlarning jismoniy salohiyatini mustahkamlash, balki ularning irodaviy fazilatlarini, liderlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda, shuningdek, zamonaviy ta’lim bilan bir qatorda sport madaniyatini keng yoyishda muhim o‘rin tutadi.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoa va ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari hamda sertifikatlar topshirildi.