Kichik e’tibor — katta quvonch, katta ishonch
Yangi o‘quv yili arafasida Samarqand xalqaro texnologiya universitetida xodimlarning maktabga ilk qadam qo‘yayotgan jajji farzandlari uchun quvonchli tadbir tashkil etildi.
Ularga universitet rahbariyati va Kasaba uyushmasi hamkorligida tayyorlangan o‘quv qurollari jamlanmalari topshirildi.
Maktabga ilk bor borayotgan bola uchun yangi daftar, rangli qalam yoki qiziqarli o‘quv quroli — oddiy buyum emas. Ularning har biri bolalikdagi ilk katta orzular, hayajon va yangi kashfiyotlar bilan bog‘liq.
Shu ma’noda, ushbu kichik tuhfa ortida katta e’tibor mujassam. Bu — farzandlar quvonchiga sherik bo‘lish, xodimlar oilasini qo‘llab-quvvatlash va ta’lim yo‘lidagi ilk qadamni rag‘batlantirishning samimiy ifodasidir.
Bugun maktab ostonasidan kirib borayotgan kichkintoylar — ertangi kunning bunyodkorlaridir. Ularning qo‘lidagi ilk daftar esa katta orzular sari ochiladigan ilk sahifadir.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, mazkur ezgu tashabbus universitetda har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinmoqda.SIUT jamoasi barcha kichkintoylarga yangi o‘quv yilida omad, zavq va unutilmas kashfiyotlar tilaydi!