Skip to main content

SIUTda koreys ta'limi!

Hozirda aksariyat abituriyentlar qaysi OTMga hujjat topshirish masalasi ustida bosh qotirmoqdalar. Darhaqiqat OTMni to'g'ri tanlash inson kelajagi uchun muhim bo‘lgan tanlovlardan biri. Siz tanlagan kasb o‘zingizga qiziq bo‘lishi va jamiyatga foyda keltirishi lozim.

So'nggi yillarda jahonda raqamli iqtisodiyot sohasi jadal rivojlanmoqda. Sizda SIUT qoshida tashkil etilgan Koreya madaniyati va texnologiya institutida tahsil olib, iqtisodiyot sohasidagi innovatsion va istiqbolli yo'nalishning talabasi bo'lish imkoniyati mavjud!

Mazkur institut Koreyaning eng yaxshi resurslari va imkoniyatlarini SIUT bilan bog'lovchi ko'prik vazifasini o'taydigan bakalavriat va magistratura bosqichida quyidagi yo‘nalishlarni taklif etadi:

  • “Yashil texnologiyalar" (qayta tiklanadigan energiya manbalari);
  • "Dizayn";
  • "Raqamli iqtisodiyot".

Ushbu yo‘nalishlarda o‘qib nafaqat yuqoridagi sohalarni, balki koreys tilini ham mukammal o‘rganib “Double-diploma“ sohibiga aylanishingiz mumkin.

Bitiruvchi sifatida Janubiy Koreyadagi nufuzli kompaniyalarda faoliyat yuritish, tajriba orttirish va ilg‘or yangiliklarni O‘zbekistonda joriy etish imkoniyati bor.

SIUT talabalarini Koreyadek, rivojlangan davlatda o‘z o‘rnini topa oladigan kadr sifatida yetishtirishni maqsad qilgan.

Siz-chi? Koreya madaniyati va texnologiya institutining qaysi bir yo‘nalishini tanlagan bo‘lar edingiz?

O‘z imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang.