Skip to main content

SIUT da Xitoy madaniyati kuni bo‘lib o‘tdi

8-sentabr kuni Samarqand xalqaro texnologiya universitetida tanishuv haftaligi doirasida “Xitoy madaniyati kuni” bo‘lib o‘tdi. SIUT qoshidagi Xitoy energetika instituti talabalari davlatning boy va rang-barang madaniyati olamiga sayohat qildilar.

2

Fakultet dekani, professor Liu Chuang tadbirni ochib berdi va SIUT qoshida ochilgan Xitoy Energetika institutining ilk talabalarini samimiy qutladi. Professor talabalarga Xitoyning provinsiya (viloyatlari) va shaharlari, ularning o‘ziga xos an’analari haqida so‘zlab berdi. Professor Wang Xiaouhui talabalarni Xitoy an’anaviy taomlari bilan tanishtirdi va xattotlik bo‘yicha qiziqarli mahorat darsi o‘tkazdi. Talabalar xitoy tilida kuylashdan zavqlanib, choy marosimida ham ishtirok etdilar.