Skip to main content

“Ustozlarga ehtirom”. SIUTda O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi

O‘qituvchilarning jamiyatda beqiyos o‘rni bor, chunki ularga bilim berish va kelajak avlodni tarbiyalashdek muhim vazifa yuklangan. O‘qituvchilarimiz tinimsiz say-harakatlari va yosh avlodni tarbiyalashda qo‘shayotgan doimiy hissasi uchun har qancha e’tirofga loyiqdirlar. Darhaqiqat, barchamizning muvaffaqiyatimiz va kamolotimiz zamirida aziz ustozlarimizning fidokorona mehnatlari va tinimsiz zahmatlari bor.

05

 “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan sharafli kasb egalariga bayramona  ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida tadbir tashkil etildi.  Dastlab tadbir avvalida universitet rektori, professor Yusuf Abdullayev so‘z olib, barcha ustoz murabbiylarni bayram bilan tabriklar ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodini tarbiylash  yo‘lidagi samarali mehnatlari, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirib borayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tadbir davomida o‘zining fidoyiligi, yoshlarga ta’lim berib, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ulkan hissalari uchun universitetning professor-o‘qituvchilariga esdalik sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, universitet Vasiylar kengashi raisi Baxtiyor Fazilovning SIUT professor-o‘qituvchilariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng xorijiy professor-o‘qituvchilari o‘z ona tillarida bayram tabriklarini yo‘lladilar.

04

Mazkur tadbirda “Eriell Prof Education” nodavlat taʼlim muassasasining ham bir guruh fidoiy ustozlari ham ishtirok etdilar. Ma’lumot o‘rnida shuni alohida qayd etish joizki, bu yil mazkur taʼlim muassasasi xodimlari kompaniyaning 10 yilligini nishonladilar. Eriell kompaniyalar guruhi birlashgan kasaba uyushmasi raisi Olim Azizovich Yunusov o‘zining tabrik so‘zida barchani kasb bayrami bilan tabriklab, ta’lim fidoyilarining Vatanimiz ravnaqi va farovonligi yo‘lida qo‘shayotgan  xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

02

03

06

Shuningdek, tadbirga universitetning O‘zbek tili va madaniyati markazi katta o‘qituvchisi Zulfiya Rashidovaning ustozlarni madh etuvchi taronalari, hamda talabalar tomonidan tayyorlagan turli raqslar yig‘ilganlar e’tibori markazida bo‘ldi.

Qadrli ustozlar! Barchangizni yana bir bor bayram bilan qutlar ekanmiz, sizlarga sihat-salomatlik, sharafli kasbingizda esa yangidan yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ilm-u adab ziyosini taratishdan aslo charchamang.

07