# Tags:
Follow Us
SIUT Chernogoriya UDG universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
Joriy yilning 18-oktabr kuni SIUTda Arizona State University (AQSh) global universitetlar tarmog‘iga kiruvchi UDG - Donja Gorica universiteti (Chernogoriya) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. UDG delegatsiyasi tarkibida universitet ta’sischisi va rektori, Mont Pelerin jamiyati aʼzosi – prof. Veselin Vukotich, shuningdek, sport menejmenti fakulteti dekani Ivan Yovetichlar bo‘ldilar.
Uchrashuv doirasida ikki oliy oʻquv yurti oʻrtasidagi o‘zaro aloqalar, xususan, akademik almashinuv, axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik va boshqa masalalar muhokama qilindi. Tomonlar koʻp qirrali hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.