TESOL Asia International nodavlat taʼlim markazi bilan hamkorlik
Joriy yilning 4-noyabr kuni Samarqand xalqaro texnologiya universiteti va TESOL Asia International nodavlat ta’lim markazi o‘rtasida o‘zaro ishonch va manfaatlar asosida taʼlim sohalarida hamkorlikni kengaytirish, taʼlim va akademik almashinuvni rag‘batlantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.


Ushbu memorandum doirasida tomonlar shaxsiy va kasbiy rivojlanish maqsadida turli mahorat darslari, seminarlar, vebinarlar hamda ta’lim tadbirlarini o‘tkazishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida ta’limni rivojlantirishning hozirgi tendensiyalari hisobga olinib, mazkur xalqaro hamkorlik muhimligi, bu boradagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, SIUTda CDP (Malaka oshirish kurslari)ni o‘tkazish muhokama qilindi.
Tomonlar umumiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va maqsadlarda erishish uchun yuqorida ko‘rsatilgan sohalarda birgalikdagi harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Mazkur memorandum SIUT rektori, professor Yusuf Abdullayev hamda markaz direktori Nargiza Xushboqova tomonidan imzolandi.