Skip to main content

SIUT talabalari Moskvada o‘tkazilgan Micromine Xalqaro olimpiadasida ishtirok etdi

2023-yil 14-16-noyabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida “MISIS” Milliy texnologik tadqiqot universitetida Avstraliyaning nufuzli Micromine kompaniyasi hamkorligida “Tog‘-geologik axborot tizimlarda karerlarni dasturlash” xalqaro Olimpiadasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Uch kun mobaynida yuqori saviyada tashkil etilgan xalqaro olimpiada Origin&Beyond dasturiy ta’minoti bo‘yicha Ural, Sibir, Zabaykal  o‘lkasi va O‘zbekistonlik ishtirokchilarni qamrab oldi.

mo1

mo7

Olimpiadaning o‘ziga xosligi nafaqat uning raqobatbardoshligida, balki talabalarni tog‘-kon-geologik axborot tizimlari innovatsion yo‘nalishi bo‘yicha amaliy masalalarni yechishga o‘rgatishi bilan ahamiyatlidir. Bundan tashqari, olimpiada tog‘-kon-geologiya sohasida kasbiy tajriba almashish va yosh mutaxassislarni yetishtirishning o‘ziga xos maydoniga aylandi.

VI marta o‘tkazilgan xalqaro Olimpiadada 11 ta oliy ta’lim muassasalaridan jami 16 ta jamoa qatnashgan bo‘lsa, ulardan 2 tasi O‘zbekiston sharafini himoya qildi. 15ta OTM jamoalarining tarkibida aspirantlar, 5-6-bosqich talabalari edi. E’tiborli jihati shundaki, SIUT talabalari — Xalqaro olimpiada ishtirokchilari orasida eng yosh yagona jamoa edi. Bundan tashqari, Samarqand oliygohlari orasida ham ishtirok etgan birinchi jamoa hisoblanadi. Shuningdek, SIUT Team 1-bosqich iqtidorli talabalari tajribadagi sezilarli farqiga qaramay, o‘z mahorati va qat'iyati bilan hakamlar hay’ati e’tibori markazida bo‘ldi.

mo2

mo4

 “Micromine” kompaniyasining Rossiyadagi bosh direktori, Boris Kurtsev SIUT “Axborot texnologiyalari va “Geologiya va konchilik ishi” yo‘nalishi talabalarning tayyorgarligi yuqori ekanligini e’tirof etib, konchilik va geologik tadqiqotlar sohasida yangi cho‘qqilarni zabt etishga intilishlarini va ular dastlabki bosqichda tahsil olayotgan yagona ishtirokchilar ekanliklarini alohida ta’kidladi.

mo3

Talabalarimiz tajribali ishtirokchilar bilan uchrashdi va kasbiy faoliyatlari uchun ko‘plab yangi bilim hamda tajribalarga ega bo‘ldilar. Bunday xalqaro olimpiadalarda ishtiroki bo‘lajak muhandislar uchun nafaqat amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga, balki o‘zaro hamkorligi uchun xalqaro aloqalarni o‘rnatish ajoyib imkoniyatdir. Bundan tashqari kelajakda to‘rt yillik ta’limni tugatgandan so‘ng, nufuzli  tashkilotlar jamoasining bir qismi bo‘lishga imkon beradi.

SIUT O‘zbekiston iqtisodiyoti va sanoati uchun xalqaro darajadagi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. O‘quv jarayoni nazariya va amaliyotning o‘zaro uyg‘unligida tashkil etib kelinmoqda, bu esa bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qiladi.

mo5

Ma’lumot uchun: Avstraliyaning “Micromine” kompaniyasi va SIUT o‘rtasida 2022-yil 5-avgustda Dushanbe shahrida Memorandum imzolangan edi. Micromine - konchilik sanoati uchun operatsion dasturiy yechimlarni ishlab chiqish sohasida faoliyat olib boradigan jahondagi kompaniyalar orasida yetakchi hisoblanadi.