# Tags:
Follow Us
SIUT va IT Park Samarqand: hamkorlikning yangi istiqbollari
Ishonchli hamkorlarga ega bo‘lish - SIUT va talabalar kelajagi uchun muhim. Shu bois oliygohimiz xalqaro tashkilotlar bilan ham, oliy ta'lim, ham kasbiy faoliyat borasida sinovdan o‘tgan hamkorlik aloqalarini muvaffaqiyatli o‘rnatib kelmoqda.
Ana shunday hamkorlarimizdan yana biri IT Park Samarqand hududiy filialidir. Startap ekotizimini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida, IT-Park Samarqand hududiy filiali va SIUT o‘rtasida joriy yilning 21-noyabr kuni hamkorlik memorandumi imzolandi.


Mazkur memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda:
- Startap-ekotizimini rivojlantirish, dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
- alohida dasturlarni amalga oshirishda o‘qituvchi-murabbiylar uchun trening va seminarlar tashkil etish;
- individual dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha professor-o‘qituvchi va murabbiylar almashinuvi;
- donorlar, grantlar va boshqalarni jalb qilgan qo‘shma loyihalarni tatbiq etish orqali hamkorlik qilishlari ko‘zda tutilgan.
Mazkur memorandum SIUT rektori, professor Yusuf Abdullayev hamda IT Park Samarqand filiali direktori Sherzod Yusupov tomonidan imzolandi.