Skip to main content

Mehnat xavfsizligi – inson salomatligi kafolati

Zamonaviy sanoat xavfsizligi standartlari: SIUT talabalari Enter Engineering HSE departamentidan nimalarni o‘rgandilar.

SIUT talabalari uchun Enter Engineering kompaniyasining HSE (Sog‘lik, Xavfsizlik va Atrof-muhit) departamenti rahbari Sherzod Xodjaev va uning o‘rinbosari – Nurullo Shirinovlar tomonidan “Kompaniyada HSE ilg‘or tendensiyalarini joriy etish tajribasi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

hse1

hse3

Soha mutaxassislari ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni oldini olish, ularni bartaraf etish, mavjud bo‘lgan xavf-xatarni boshqarish va kamaytirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni qo‘llashga oid tajribalari va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, tadbir davomida ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ish joylaridagi xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish, fuqarolar sogʻligʻini taʼminlash masalalari davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanishi aytib oʻtildi.

HSE departamenti rahbarlari samarali xavfsizlik choralari nafaqat hodisalarning oldini olish, balki barqaror ish muhitini yaratishini ta’kidladilar. Mahorat darsi ishtirokchilari uchun ishlab chiqarish obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning turli ssenariylari ham namoyish etildi. Bu esa boʻlajak muhandislarning kasbiy faoliyati davomida shunga oʻxshash vaziyatlarda muammoning samarali yechimini topishlariga oid bilimlarini boyitadi.

hse2

hse5

Aminmizki, SIUTda bunday mahorat darslarini muntazam tashkil etish, talabalarimiz uchun nafaqat qimmatli ma’lumotlar bilan tanishish, balki ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatlari davomida xavfsizlik va mehnat muhofazasiga rioya etgan holda ish yuritishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.


Ma’lumot uchun: HSE (Sog‘lik, Xavfsizlik va Atrof-muhit) muayyan ish muhiti uchun potentsial xavflarni aniqlaydigan, ushbu xavflarni kamaytirish yoki bartaraf etish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlarni ishlab chiqadigan, so‘ngra xodimlarni baxtsiz hodisalarning oldini olishga asoslangan yondashuvlarni o'rgatuvchi, jarayonlar, yechimlar va amaliyotlar jamlanmasidir.