Skip to main content

Kelajak haqida suhbat: SIUT professorlari Cambridge Unit School o'quvchilari bilan uchrashdilar

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti viloyatimizdagi umumta’lim maktablari bilan o‘zaro har tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlab, ta’lim sifatini yanada oshirishga, o‘quvchi-yoshlarning iste’dodini to‘liq namoyon etishlariga har jabhada beminnat ko‘makchiga aylanmoqda. Maktablar bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish va ularning rivojlanishiga hissa qo‘shish universitetimizning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

cus6

Shu munosabat bilan 2023-yilning 30-noyabr kuni “Cambridge Unit School” da SIUT jamoasi ishtirokida maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Dastlab universitet rektori, professor Yusuf Abdullayev maktab jamoasiga bir yil davomida universitetda amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar hamda universitetning istiqboldagi rejalari haqida batafsil to‘xtaldi. Ayniqsa, uchrashuv davomida xorijlik professor- o‘qituvchilar: Tillar markazi direktori prof. Joseph Stark (AQSh), Computer Science va IT markazi boshlig‘i, prof. Mohammad Galety (Hindiston) hamda Koreya texnologiyasi va madaniyati instituti dekani prof. Sungdon Hwang (Janubiy Koreya) hamda professor Jimbo Claverning (Kamerun) chiqishlari bitiruvchilarga katta qiziqish uyg‘otdi va o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

cus5

cus4

Uchrashuv davomida SIUT va “Cambridge Unit School” nodavlat xalqaro ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu bitim universitet rektori, professor Y. Abdullayev va mazkur maktab direktori Z. Vafoyeva tomonidan imzolandi. Memorandum doirasida maktabning o‘qituvchilari uchun universitetning xorijiy professor-o‘qituvchilari tomonidan muntazam ravishda “Speaking Club” mashg‘ulotlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Memorandumdan ko‘zlangan maqsad: pedagoglarga ta’lim jarayonlarini takomillashtirishda metodik yordam ko‘rsatish, o‘quvchilarga esa bo‘lajak kasbini tanlashida imkon qadar ko‘maklashishdir.

cus1

cus2


Ma’lumot uchun: “Cambridge Unit School” nodavlat xalqaro ta’lim muassasasi 2022-yilning 19-sentabrida tashkil etilgan bo‘lib, mazkur maktab IT, ingliz tili, rus tili, va matematika fanlariga ixtisoslashgan.