Skip to main content

SIUT va IETI (Gonkong) oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi

Global hamkorlikni rivojlantirish uchun akademik va ilmiy hamkorlik.

Mazkur memorandumdan ko‘zlangan maqsad: ikki muassasa oʻrtasida qoʻshma manfaatli sohalarda tashabbuslarni ilgari surish, taʼlim, ilmiy loyiha va dasturlarni amalga oshirish, fan, madaniyat va axborot almashinuvi, konferensiyalar va seminarlar tashkil etishda koʻmaklashishga qaratilgan.

MoU2

Ma’lumot uchun: 2015-yilda Gonkongda tashkil etilgan IETI (Xalqaro muhandislik va texnologiya instituti) – notijorat xalqaro akademik tashkiloti bo‘lib, ahamiyatlisi, mazkur muassasada Nobel, Oskar, Tyuring, Wolf, Filds, Jon Beyts Klark kabi mukofotlar sovrindorlari hamda Massachusets texnologiya instituti, Garvard, Oksford universitetlari va dunyoning boshqa nufuzli universitetlaridan jalb etilgan mutaxassislar faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, IETI muhandislik va fan yutuqlari va texnologik innovatsiyalarni qo‘llash orqali tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlarning muvofiqlashtirilgan rivojlantirishga qaratilgan xalqaro platforma sifatida yetakchilar qatoridan munosib o‘rin egallagan.