Kwandong universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi
Akademik hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro aloqalarni mustahkamlash uchun Samarqand xalqaro texnologiya universiteti va Janubiy Koreyaning Kwandong universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumni imzolashdan maqsad ikki universitet orasida ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish asosida o‘zaro hamkorlikni yaratishdir.


Ma’lumot uchun: Kwandong universiteti 1954-yilda tashkil etilgan nodavlat ta’lim muassasasi bo‘lib, u Janubiy Koreyadagi yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi.
Tomonlar imzolangan memorandum doirasida akademik hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar boʻyicha hamkorlik, ishlab chiqarish amaliyotlari malaka oshirish dasturlari kabi hamkorlik faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga doir kelishuvlarga erishdilar. Ushbu strategik hamkorlik ikki oliygoh o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yanada kuchaytirish, ta’lim va kasbiy faoliyat sohalarida tajriba almashish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, u uzoq muddatli munosabatlar uchun mustahkam poydevor yaratadi.